XOTIN-QIZLARNI TADBIRKORLIK FAOLIYATIGA KENG JALB QILISHNING AYRIM NAZARIY-HUQUQIY MASALALARI
Kalit so‘zlar:
xotin-qizlar, huquq, erkinlik, tadbirkorlik, ilm-fan, innovatsiyaAnnotatsiya
Maqolada Oʻzbekistonda xotin-qizlarga munosabat masalasidagi davlat siyosati doirasida amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar va ularning normativ-huquqiy asoslari, xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, oila va jamiyatdagi mavqeyini yuksaltirish, huquqiy savodxonlikni hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda ayollarning ahamiyatini oshirish masalalariga e’tibor berilgan. Maqola tadqiqotining obyekti xotin-qizlarning iqtisodiy mustaqilligini taʼminlash, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, kasbga o‘qitish va bandligini sifat jihatidan taʼminlash, ularni tadbirkorlik va biznesga keng jalb etish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash bilan bogʻliq ijtimoiy-huquqiy munosabatlar tizimi hisoblanadi. Tadqiqotning predmeti xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar, ilmiy-nazariy qarashlardan iboratdir. Tadqiqot olib borishda tarixiy, qiyosiy-huquqiy, mantiqiy, ilmiy usullardan foydalanilgan. Muallif tomonidan ayollarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularga davlat va jamiyat taqdiriga daxldor qarorlarni hayotga tatbiq etish, xususan, qonunlarni ishlab chiqish, qabul qilish, islohotlarni amalga oshirish jarayonlarida bevosita qatnashishlari tahlil etilgan.
Iqtiboslar
1. Jumayeva M. Tadbirkorlikni rivojlantirishda ayollar faolligini oshirish [Increasing the activity of women in the development of entrepreneurship]. Abstract of PhD thesis. Tashkent, 2024.
2. Experiences of violence and harassment at work: A global first survey, 2022. International Labour Organization and Lloyd’s Register Foundation. Available at: https://www.ilo.org/wcmsp5/groups/public/dgreports/dcomm/documents/publication/wcms_863095.pdf
3. The role of women in the modern world economy. 2023, October 21. Institute for Economic Research. Available at: https://economy.kz/ru/Mnenija/id=382
4. Issues in the field of gender. Available at: https://www.vsemirnyjbank.org/ru/topic/gender/overview
5. Abdurahmonov X., Zokirov Sh. Xotin-qizlarning tadbirkorlik va biznes faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha horij tajribasi [Foreign experience in supporting women’s entrepreneurship and business activities]. Research Institute “Neighborhood and Family” under the Ministry of Neighborhood and Family Support of the Republic of Uzbekistan. Scientific Progress, 2022, vol. 3, iss. 2.
6. Bazhenov A.Yu. Women entrepreneurship: outlook potential for economy Development. Russian Journal of Entrepreneurship, 2018, May, vol. 19, no. 5.
7. Uzbekistan’s experience in ensuring gender equality and creating decent working conditions will be improved based on international standards. 2023, 23 May. Available at: https://gov.uz/uz/news/view/37040
8. Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish boʻyicha 29 ta namunali markaz tashkil etildi [29 model centers for rehabilitation and adaptation of women were established]. 2021, May 20. Available at: https://yuz.uz/uz/news/ayollarni-reabilitatsiya-qilish-va-moslashtirish-boyicha-29-ta-namunali-markaz-tashkil-etildi
9. Ilmiy tadqiqotlarda gender masalalarini inobatga olish [Taking into account gender issues in scientific research]. Proceedings of the Summer School. “Family and Women” Research Institute. Tashkent, Mahalla va oila Publ., 2023, 108 p.
10. Axunova M.X. Innovatsion iqtisodiyotda ayollar tadbirkorligi: muammo va yechimlar [Women’s entrepreneurship in the innovation economy: problems and solutions]. International Journal of Theoretical and Applied Research, 2022, vol. 2 (1), pp. 7–14.
11. Saidov A. Ilm-fan sohasida xotin-qizlarning o‘rni va ahamiyati: ma’naviyat, tinchlik va bunyodkorlik tushunchalari talqinida [The role and significance of women in the field of science: in the interpretation of the concepts of spirituality, peace and creativity]. Available at: http://nhrc.uz/uz/articles/ilm-fan-soasida-hotin-izlarning-rni-va-aamijati-manavijat-tinchlik-va-bunedkorlik-tushunchalari-talinida
12. Axmedova D. Xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirishning ijtimoiy-falsafiy masalalari [Socio-philosophical issues of women’s entrepreneurship development]. Abstract of PhD thesis. Bukhara, 2023.
13. Mamlakatimiz xotin-qizlari uchun munosib sharoit yaratib berish – doimo e’tiborimiz markazida [Creating decent conditions for the women of our country is always in the center of our attention]. Speech of the President of the Republic of Uzbekistan Sh. Mirziyoyev at the ceremony dedicated to the International Women’s Day. 2023, March 7. Available at: https://president.uz/uz/lists/view/6013/
14. Carter N.M., Henry C., Cinneide B.O., Johnston K. Female Entrepreneurship. Implications for Education, Training and Policy. 2008, October 7. Routledge. GEM.
15. Minitti M., Arenius P., Langowitz N. Global Entrepreneurship Monitor: 2004 Report on Women and Entrepreneurship. Babson Park, MA and London, Babson College and London Business School, 2005.
16. How Entrepreneurial was Ireland in 2004? The Irish Annual Report, Enterprise Ireland. Dublin, Ireland. Available at: www.gemconsortium.org/

