KRIMINOLOGIYА FANINING VUJUDGA KELISHI, DOLZARB VAZIFALARI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI
Kalit so‘zlar:
kriminologiya, fan, jinoyatchilik, huquqbuzarlik, huquqbuzarliklarning oldini olish, yig‘ish funksiyasi, ta’riflash funksiyasi, prognoz qilish funksiyasi, aholini xabardor qilish funksiyasiAnnotatsiya
Ushbu maqolada kriminologiyaning fan sifatida vujudga kelishining ijtimoiy zarurati, rivojlanishining istiqbollari va hozirgi kundagi dolzarb vazifalari tahlil qilingan. Kriminologiya o‘z maqsadiga ko‘ra jinoyatchilik, uning sabab va shart-sharoitlari, jinoyatchi shaxsi, jinoyatdan jabrlanuvchi, jinoyatlar profilaktikasining mohiyati, xususiyati va qonuniyatlarini o‘rganish, jinoyatchilikning alohida turlari hamda yo‘nalishlariga kriminologik tavsif berish, jinoyatlar profilaktikasi samaradorligini oshirish choralarini ishlab chiqish hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi amaliyotini ilmiy taklif va tavsiyalar bilan ta’minlovchi ijtimoiy-huquqiy fan ekanligi asoslangan. Ushbu fan boshqa huquqiy fanlarga nisbatan “yosh” bo‘lsa-da, ham ijtimoiy, ham huquqiy fanlar bilan aloqadorlikda jinoyatchilikka qarshi kurashish amaliyotini zarur ma’lumotlar bilan ta’minlashda alohida ahamiyat kasb etadi. Kriminologiya fanining mustaqil fan sifatida vujudga kelishi XIX asr o‘rtalariga to‘g‘ri keladi. Ba’zi tadqiqotchilar kriminologiya fani yuzaga kelishini 1764-yilda italiyalik Chezare Bekkariyaning “Jinoyatlar va jazolar haqida” nomli kitobi nashr etilishi bilan bog‘laydi, biroq kriminologiya atamasini ilk bor 1879-yilda fransiyalik Pol Topinard o‘zining antropologik izlanishlar olib borish jarayonida qo‘llagan. Maqolada kriminologiyaning fan sifatida mavjudligi uch xil yondashuv asosida oʻrganilgan. Shuningdek, kriminologiya fani aniqlash, toʻplash, bashorat qilish va aholini xabardor qilish orqali oʻz vazifalarini bajarishi tahlil qilingan. “Raqamli kriminologiya”, “Jinoyatlarni prognoz qilishda sun’iy intellektning o‘rni”, “Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarning oldini olishda sun’iy intellektning o‘rni” va “Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarning oldini olishda sun’iy intellektning o‘rni” kabi mavzularda tadqiqot olib borish zarurligi to‘g‘risida takliflar bildirilgan.
Iqtiboslar
1. Ismailov I. Kriminologiya fanining shakllanishi, rivojlanishi va hozirgi holati [Formation, development and current state of the science of criminology]. Tashkent, Ministry of Internal Affairs Academy of the Republic of Uzbekistan, 2014, 57 p.
2. Zaripov Z., Mirzajonov K. Sovremennaya kriminologiya: yeyo sostoyaniye i zadachi [Modern criminology: its state and tasks]. State and Law, 2004, vol. 4 (20), p. 39.
3. Abdurasulova Q.R. Kriminologiya [Criminolog]. M.H. Rustamboyev (Ed.). Tashkent, TSIL Publ., 2008, p. 3.
4. Material from Wikipedia – the free encyclopedia. Available at: https://ru.wikipedia.org/wiki/ Topinar._Pol
5. Kriminologiya: Obshchaya chast' [Criminology: General part]. F.K. Zinnurova (Ed.). Kazan, Judicial Institute of the Ministry of Internal Affairs of Russia, 2019, 358 p.
6. Umirzakov B.A. Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining kriminologik tavsifi va oldini olish [Criminological description and prevention of juvenile delinquency]. Tashkent, Ministry of Internal Affairs Academy of the Republic of Uzbekistan, 2020, 90 p.
7. Abdurasulova Q.R., Zakirova A.G., Umirzakov B.A., Qarshiyev G‘.S. Kriminologiya: Chizmalar albomi [Criminology: An Album of Drawings]. Q.R. Abdurasulova (Ed.). Tashkent, Ministry of Internal Affairs of the Republic of Uzbekistan, 2020, 182 p.
8. Zaripov Z.S., Pulatov Yu.S., Avanesov G.A. et al. Kriminologiya [Criminology]. Z.S. Zaripov (Ed.). Tashkent, Ministry of Internal Affairs Academy of the Republic of Uzbekistan, 2006, pp. 37–38.
9. Zakirova O.G. Kriminologiya nazariyasini rivojlantirish va uning dolzarb muammolari [Development of the theory of criminology and its current problems]. Legal World, 2024, no. 5,
pp. 50–62.
10. Abdurasulova Q.R., Zakirova A.G., Muxitdinov F.M., Aliyev Sh.X., Xo‘jakulov S.B.,
Umirzakov B.A., Qarshiyev G‘.S. et al. Viktimologiya [Victimology]. F.M. Muxitdinov (Ed.). Tashkent, Academy of Ministry of Internal Affairs of the Republic of Uzbekistan, 2021, 320 p.
11. Karaketov Y.M., Usmonaliyev M.U. Jinoyatchilikka qarshi kurashning kriminologik choralari [Criminological measures of combating crime]. Tashkent, 1995, 229 p.
12. Zaripov Z., Ismoilov I. Kriminologiya. Umumiy qism [Criminology. General part]. Tashkent, 1996, 228 p.
13. Abdurasulova Q.R., Zakirova A.G., Ismailov I. et al. Kriminologiya [Criminology]. Tashkent. Ministry of Internal Affairs Academy of the Republic of Uzbekistan, 2023, 318 p.
14. Abdurasulova Q.R. Kriminologiya fanining hozirgi kundagi dolzarb vazifalari [Current tasks of the science of criminology]. Legal World, 2024, no. 4, pp. 40–44.
15. Umirzakov B.A. Kriminologiya fani vujudga kelishining ijtimoiy zarurati va rivojlanish istiqbollari [Social need for the emergence of the science of criminology and development prospects]. Legal World, 2024, no. 4, pp. 57–62.

