XALQARO SAVDODA BLOKCHEYN TEXNOLOGIYALARINING QO‘LLANISHIDAGI AYRIM HUQUQIY MASALALAR

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

blokcheyn, qonunchilik, xalqaro savdoni rivojlantirish, raqamli texnologiya

Annotatsiya

Mazkur maqolada xalqaro savdo sohasidagi blokcheyn texnologiyalarining tahlili keltirilgan. Jadal rivojlanib borayotgan va transformatsiyalashayotgan blokcheynning imkoniyatlari ushbu texnologiyani oʻrganishga va amaliy qoʻllashga ulkan resurslarni yoʻnaltirayotgan yirik xususiy, jamoat, hukumat va xalqaro tuzulmalarning e’tiborini tortib bormoqda. Taqsimlangan reyestrli texnologiyaga alohida qiziqishni jahon mamlakatlari hukumatlari koʻrsatib kelmoqda, chunki ular blokcheynda davlat va ijtimoiy xizmatlar sifatini yaxshilash, ma’muriy jarayonlar va umuman davlat boshqaruvi, shuningdek xalqaro savdo tizimining samaradorligini oshirish imkoniyatini koʻrishmoqda. Bugungi kunda blokcheyn texnologiyalarining xalqaro savdoda rivojlanishi biznes doiralarning katta qiziqishini uygʻotmoqda. Mazkur holat blokcheyning xalqaro savdoda xarajatlarni kamaytirish va samaradorlikni oshirishning yechimi boʻlishi boʻyisha taxminlarga toʻgʻridan toʻgʻri bogʻliqdir. Ma’muriy islohot, iqtisodiyotni liberallashtirish va raqobatbardoshlikni oshirish hamda ijtimoiy sektorni transfomatsiya qilish Oʻzbekistonning strategik ustuvorliklaridan biri boʻlib hisoblanadi. Mazkur vazifalarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi muammolarni yechishdagi innovatsion yondashish, nostandart fikrlash, jur’atli eksperimentlarni talab etadi. Muallif tomonidan blokcheynning xalqaro savdoni rivojlantirishdagi ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada xalqaro savdo tizimiga blokcheynni joriy qilishning huquqiy imkoniyatlari va muammolari aniqlashtirilgan.

Iqtiboslar

1. Allessie D., Sobolewski M., Vaccari L., Pignatelli F. (Editor), Blockchain for digital government, JRC, 2019.

2. Berryhill J., Bourgery T., and Hanson A, ‘Blockchains Unchained: Blockchain Technology and its Use in the Public Sector’, OECD Working Papers on Public Governance, No. 28, 2018.

3. Lyons T., Courcelas L., and Timsit K., Blockchain in Trade Finance and Supply Chain, EU Blockchain Observatory and Forum, 2019.

4. Norberg C. H., ‘Unblocking the Bottlenecks and Making the Global Supply Chain Transparent: How blockchain technology can update global trade’, SPP Briefing Paper, University of Calgary, The School of Public Policy / Canadian Global Affairs Institute, 2019.

5. Ganne E., Can Blockchain revolutionize international trade, World Trade Organization (WTO), 2018.

6. Okazaki Y., ‘Unveiling the Potential of Blockchain for Customs’, World Customs Organisation, WCO Research Paper No. 45, 2018.

7. Allen D. W.E., Berg C., Davidson S., Novak M., Potts J., ‘International policy coordination for blockchain supply chains’, Asia & the Pacific Policy Studies 6, no. 3, 367–380, 2019.

8. UN/CEFACT, White Paper on the technical applications of Blockchain to United Nations Centre for Trade Facilitation and Electronic Business (UN/CEFACT) deliverables, 2018.

9. Ganne E. and Patel D., Blockchain & DLT In Trade: A Reality Check, World Trade Organization (WTO) and Trade Finance Global (TFG), 2019.

10. Lyons T., Courcelas L., and Timsit K., Legal And Regulatory Framework Of Blockchains And Smart Contracts, EU Blockchain Observatory and Forum, 2019.

11. Copigneaux B., Vlasov N., Bani E., Tcholtchev N., Lämmel P., Fuenfzig M., Snoeijenbos S., Flickenschild M., Piantoni M., Frazzani S., Blockchain for supply chains and international trade, EPRS | European Parliamentary Research Service, 2020.

12. Nascimento S. (ed.), Pólvora A. (ed), Anderberg A., Andonova E., Bellia M., Calès L., Inamorato dos Santos A., Kounelis I., Nai Fovino I., Petracco Giudici M., Papanagiotou E., Sobolewski M., Rossetti F., and Spirito L., Blockchain Now And Tomorrow: Assessing Multidimensional Impacts of Distributed Ledger Technologies, JRC, 2019.

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2022-06-20

Qanday Iqtibos Keltirish

XALQARO SAVDODA BLOKCHEYN TEXNOLOGIYALARINING QO‘LLANISHIDAGI AYRIM HUQUQIY MASALALAR. (2022). YURISPRUDENSIYA, 2(Maxsus I), 213-225. https://yurisprudensiya.tsul.uz/index.php/yurisprudensiya/article/view/688