SUNʼIY INTELLEKTDAN FOYDALANGAN HOLDA SODIR ETILGAN JINOYATLAR UCHUN JAVOBGARLIK: XALQARO-HUQUQIY YONDASHUV

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

jinoiy javobgarlik, texnologik ishtirokchilik, xalqaro jinoyat huquqi, sun’iy intellekt, avtonomlik, kvazisubyekt

Annotatsiya

Maqolada sun’iy intellekt tizimlari va avtonom texnologiyalar jadal rivojlanishining jinoyat-huquqiy munosabatlarga ta’siri, shuningdek, sun’iy intellekt va uning asosida ishlaydigan texnologiyalarning jinoyat-huquqiy tartibga solish sohasidagi o‘rni va roli hamda bu bilan bogʻliq dolzarb muammolar tahlil qilingan. Bundan tashqari, sunʼiy intellekt ishtirokidagi ijtimoiy xavfli qilmishlar uch guruhga tasniflanib, bunda sun’iy intellektning jinoyat quroli sifatidagi roli hamda uning mustaqil qaror qabul qilishi bilan bogʻliq holatlar alohida koʻrib chiqilgan. Ishda sunʼiy intellektning kvazisubyekt sifatidagi huquqiy maqomini aniqlash taklif etilgan va texnologik ishtirokchilik tushunchasi ko‘rib chiqilgan. Raqamli transformatsiya sharoitida xalqaro jinoyat huquqini unifikatsiya qilish, shuningdek, texnologik taraqqiyot va inson huquqlarini himoya qilish oʻrtasidagi muvozanatni taʼminlash zarurati asoslantirilgan.

Nashr qilingan

2026-04-06

Qanday Iqtibos Keltirish

SUNʼIY INTELLEKTDAN FOYDALANGAN HOLDA SODIR ETILGAN JINOYATLAR UCHUN JAVOBGARLIK: XALQARO-HUQUQIY YONDASHUV. (2026). YURISPRUDENSIYA, 6(1), 94-101. https://yurisprudensiya.tsul.uz/index.php/yurisprudensiya/article/view/727