SOG‘LIQNI SAQLASH SOHASIDA SHAXSIY MA’LUMOTLAR XAVFSIZLIGINI TA‘MINLASHNING HUQUQIY JIHATLARI

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligi, sog‘liqni saqlash huquqi, tibbiy maxfiylik, ma’lumotlar xavfsizligi qonunchiligi, tibbiy ma’lumotlar xavfsizligi, axborot xavfsizligi, maxfiy ma’lumotlarni himoyalash, elektron sog‘liq, ma’lumotlarning noqonuniy ishlatilishi

Annotatsiya

Axborot va telekommunikasiya texnologiyalari sog‘liqni saqlash sohasiga tatbiq etilganidan buyon ushbu jarayon bilan bog‘liq tibbiy xizmatlarga talab o‘smoqda, tizim esa rivojlanishda davom etmoqda. Mazkur maqolada shaxsiy ma’lumotlar, ayniqsa, bemorlarning tibbiy ma’lumotlari xavfsizligini ta’minlashning huquqiy asoslari o‘rganildi. Tadqiqot davomida shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha milliy va xalqaro huquqiy me’yorlar tahlil qilindi, ularni sog‘liqni saqlash tizimida qo‘llash xususiyatlari ochib berildi. Bundan tashqari, tibbiy ma’lumotlar bilan ishlashda maxfiylik va axborot xavfsizligini ta’minlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, sog‘liqni saqlash sohasidagi tashkilotlar va mutaxassislarning majburiyatlari, bemorlarning shaxsiy ma’lumotlarini saqlash hamda ularni noqonuniy ishlatilishdan himoyalash bo‘yicha javobgarlik masalalari yoritildi. Maqolada tibbiyot sohasida shaxsiy ma’lumotlarning xavfsizligiga doir xalqaro huquqiy tajribalarning milliy qonunchilikka ta’siri, shuningdek, raqamli texnologiyalar taraqqiyoti sharoitida shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilishning zamonaviy usullari tahlil qilindi. Tadqiqot natijasida sog‘liqni saqlash tizimida shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-01-29

Qanday Iqtibos Keltirish

SOG‘LIQNI SAQLASH SOHASIDA SHAXSIY MA’LUMOTLAR XAVFSIZLIGINI TA‘MINLASHNING HUQUQIY JIHATLARI. (2026). YURISPRUDENSIYA, 4(5), 70-77. https://yurisprudensiya.tsul.uz/index.php/yurisprudensiya/article/view/74