FORSAYT TAHLILNING HUQUQ IJODKORLIGIDAGI OʻRNI

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

forsayt, tahlil, huquq ijodkorligi, norma ijodkorligi, ijodkorlik, ekstrapolyatsiya, modellashtirish, ekspert-prognostika, strategiya, farmon

Annotatsiya

Ushbu maqolada huquq ijodkorligida forsayt tahlili, uning ushbu faoliyatdagi oʻrni, bugungi kundagi yutuqlari tahlil qilinadi. Dunyo mamlakatlarida huquq ijodkorligi faoliyatini yanada takomillashtirish masalasi tobora dolzarb ahamiyat kasb etib bormoqda. Xususan, World Justice Project xalqaro fuqarolik jamiyati tashkiloti tomonidan yuritiladigan “Qonun ustuvorligi” indeksining 2022-yil uchun hisoboti eʼlon qilindi. Unga koʻra, Oʻzbekiston umumiy reytingda 0,50 ball bilan 78-oʻrinni egallagan. Hisobotda keltirilgan koʻrsatkichlar mamlakatimizda huquq ijodkorligi va qonun ijodkorligi jarayonini yanada takomillashtirish zarurati mavjudligini koʻrsatmoqda. Dunyoda soʻnggi yillarda texnologik taraqqiyot keskin surʼatlarda oʻsgani sari kelajakni rejalashtirishning samarali usullaridan foydalanishga talab ortmoqda. Shu jumladan, ulardan keng tarqalganlaridan biri boʻlgan forsayt usullaridan foydalanishga oʻtilmoqda. Huquq ijodkorligi sohasida ham forsayt kabi yangi texnologiyalarni qoʻllashni bugungi zamon talab qilyapti, desak mubolagʻa boʻlmaydi. Huquq ijodkorligida forsayt tahlil qilishning nazariy va amaliy jihatlarini kompleks tizimli tadqiq etish, uning huquq ijodkorligidagi ahamiyati va zaruriyatini aniqlash, tahlil qilish, forsayt metodlarini oʻrganish, shuningdek, huquq ijodkorligi sohasini takomillashtirish yuzasidan ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish dolzarb ahamiyatga ega hisoblanadi. 

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-01-29

Qanday Iqtibos Keltirish