QASDDAN ODAM OʻLDIRISH JINOYATINING VIKTIMOLOGIK OLDINI OLISHDA AYRIM XORIJIY DAVLATLAR TAJRIBASI TAHLILI
Kalit so‘zlar:
qasddan odam oʻldirish, viktimologik profilaktika, viktimologiya, jabrlanuvchi, profilaktik tadbirlar, xorij tajribasi, jinoyat kodeksi, ijtimoiy guruhlarAnnotatsiya
Maqolada qasddan odam oʻldirish jinoyatining viktimologik profilaktikasini tashkil etishda ayrim xorijiy mamlakatlar tajribasi oʻrganilgan. Dunyoning koʻplab mamlakatlarida hayotiga boʻladigan tajovuzlardan shaxslarni himoya qilish qasddan odam oʻldirish jinoyati profilaktikasining asosiy yoʻnalishi hisoblanadi. Shu sabab jabrlanishni keltirib chiqaruvchi omillarni barvaqt aniqlab, ularni bartaraf etishga qaratilgan viktimologik profilaktika dolzarb masalaga aylanganini kuzatish mumkin. Tadqiqotda analiz, mantiqiylik, qiyosiy-huquqiy va statistik maʼlumotlar tahlili metodlaridan foydalanildi. Qator mamlakatlarda qasddan odam oʻldirish jinoyatlarining viktimologik profilaktikasini tashkil etish borasida amalga oshirilgan ishlar va koʻrilayotgan chora-tadbirlar oʻrganilib, taqqoslandi. Xulosada bu boradagi tajribalarni Oʻzbekiston sharoitida tatbiq etishning afzalliklari va istiqbollariga oid fikr-mulohazalar bayon etildi. Shuningdek, mazkur profilaktik chora-tadbirlarni tashkil etishda huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda aholi oʻrtasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish uchun qilinadigan ishlar koʻlami oʻrganildi. Qasddan odam oʻldirish jinoyatlarining viktimologik profilaktikasini tashkil etishda AQSh, Germaniya, Buyuk Britaniya, Kanada, Rossiya kabi davlatlar tajribalaridan mamlakatimiz sharoitiga toʻgʻri keladigan tomonlarini olish taklifi ilgari surildi.

