OʻZBEKISTONNING BMT BILAN NOQONUNIY MIGRATSIYAGA QARSHI KURASHISH SOHASIDAGI HAMKORLIGI: MUAMMOLAR VA ISTIQBOLLAR

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

noqonuniy migratsiya, xalqaro hamkorlik, Global kelishuv, migratsiya siyosati, xalqaro-huquqiy asoslar, Giyohvandlik va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi, Xalqaro migratsiya tashkiloti, BMT Taraqqiyot dasturi

Annotatsiya

Ushbu maqolada Oʻzbekiston Respublikasining Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish sohasidagi hamkorlik masalalari tahlil qilingan. Tadqiqotda BMT doirasida qabul qilingan asosiy xalqaro-huquqiy hujjatlar, xususan, 2000-yilgi Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi konvensiya hamda 2018-yilgi Xavfsiz, tartibli va qonuniy migratsiya toʻgʻrisidagi global kelishuvning mazmun-mohiyati yoritilgan. Maqolada Oʻzbekistonning BMTning Xalqaro migratsiya tashkiloti (IOM), Taraqqiyot dasturi (UNDP) hamda Giyohvandlik va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi (UNODC) bilan olib borayotgan hamkorligi asosiy yoʻnalishlar boʻyicha tahlil qilingan. Shuningdek, milliy qonunchilikni xalqaro standartlarga moslashtirish, migratsiya boshqaruvini raqamlashtirish, inson huquqlarini himoya qilish hamda mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirish masalalariga eʼtibor qaratilgan. Tahlil natijalariga koʻra, BMT bilan hamkorlikdagi mavjud muammolar – huquqni qoʻllash amaliyotining sustligi, axborot almashish tizimining yetarli emasligi, iqtisodiy omillar va huquqiy madaniyatning pastligi aniqlangan. Muallif ushbu muammolarni bartaraf etish, xalqaro hamkorlikni chuqurlashtirish hamda migratsiya siyosatini takomillashtirish boʻyicha istiqbolli takliflarni ilgari surgan. Tadqiqot natijalari BMT doirasida Oʻzbekistonning migratsiya siyosatini yanada samarali tashkil etish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashda nazariy-amaliy ahamiyat kasb etadi.

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-02-20

Qanday Iqtibos Keltirish

OʻZBEKISTONNING BMT BILAN NOQONUNIY MIGRATSIYAGA QARSHI KURASHISH SOHASIDAGI HAMKORLIGI: MUAMMOLAR VA ISTIQBOLLAR. (2026). YURISPRUDENSIYA, 5(6), 89-95. https://yurisprudensiya.tsul.uz/index.php/yurisprudensiya/article/view/171