NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLAR HUQUQLARINI TA’MINLASHDA XORIJIY TAJRIBA VA MILLIY QONUNCHILIKNI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI
Kalit so‘zlar:
xorijiy tajriba, xalqaro amaliyot, xalqaro qonunchilik asoslari, nogironligi bo‘lgan shaxs- lar, jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar, qo‘shimcha ehtiyojli insonlar, ijtimoiy siyosat.Annotatsiya
Maqolada nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilishda xorij tajribasi atrof- licha o‘rganilgan. Bu masalada xalqaro tajribaning ahamiyati qay darajada ekanligi huquqiy jihatdan tahlil etilgan. Xususan, nogironligi bo‘lgan shaxslarning atrof-muhitga moslashishi, ularning kasbiy reabi- litatsiya jarayonlari, ularni ishga joylashtirish strategiyalari xalqaro qonunchilik asoslariga muvofiq ko‘rib chiqilgan. Bizga ma’lumki, alohida ehtiyojli shaxslarni ishga joylashtirish butun dunyoda eng dolzarb ij- timoiy muammolardan biri sanaladi. Shunga ko‘ra, bu shaxslarni kasbga o‘qitish, ularning kasbiy ma- lakalarini muntazam oshirish, bo‘sh ish o‘rinlarini davlat tomonidan nazorat qilib borish davlat ijtimoiy si- yosatining muhim yo‘nalishidir. Shuningdek, maqolada mazkur masala va uning yechimlari bo‘yicha lozim darajada xulosalar chiqarish uchun soha mutaxassislarining yondashuvlariga murojaat qilingan. Ijtimoiy sohalarda xorijiy tajribalar tahlil qilinar ekan, ularning ayrim jihatlarini milliy qonunchiligimiz talablari- ga moslashtirish maqsadga muvofiq ekanligi ilgari surilgan.

