FRANSIYA VA GERMANIYADA VOYAGA YETMAGANLARGA NISBATAN QO‘LLANILADIGAN JINOIY JAVOBGARLIK VA JAZODAN OZOD QILISH TURLARINING TAVSIFI VA TAHLILI

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

voyaga yetmaganlar, tarbiyaviy ta’sir choralari, majburlov choralari, jazo, javobgarlikdan ozod qilish

Annotatsiya

Ayni vaqtda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan jinoyat-huquqiy sohadagi islohotlar ham jinoiy jazolarni liberallashtirish, voyaga yetmagan jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan jazolashdan ko‘ra tarbiyaviy ta’sir o‘tkazish orqali ularning yangi jinoyat sodir etishining oldini olish yo‘llarini izlab topishni va qonunchilikni takomillashtirishni taqazo etmoqda, ularga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar va boshqa huquqiy ta’sir choralarini kengaytirish dolzarb xususiyatga ega ekanligi xalqaro tajribalardan ko‘rinmoqda. Shundan kelib chiqib, ushbu maqolada voyaga yetmagan davrida jinoyat sodir etgan shaxslarni jinoiy javobgarlikdan va jinoiy jazodan ozod qilish institutlari Fransiya va Germaniya tajribasi asosida tahlil qilinadi. Fransiya va Germaniyaning ushbu sohadagi jinoyat qonunchiligining qiyosiy huquqiy tahlili berilgan bo‘lib, unda O‘zbekiston Respublikasining milliy jinoyat qonunchiligi bilan ushbu mamlakatlarning jinoyat qonunchiligidagi o‘xshashlik va farqli jihatlar  nazarda tutilgan hamda voyaga yetmagan shaxslarni jinoiy javobgarlikdan va jazodan ozod qilish institutlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar berilgan, ularga nisbatan qo‘llaniladigan jazodan boshqa ta’sir choralarini takomillashtirish bo‘yicha xulosalar qilingan. Shuningdek, voyaga yetmagan shaxsga nisbatan jazo tayinlashning o‘ziga xos jihatlari, xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda javobgarlik va jazodan ozod qilish institutini takomillashtirish, xususan, pandemiya davrida va undan keyin ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo va boshqa huquqiy choralarini kengaytirish, voyaga yetmaganlarga nisbatan jazo tayinlashda alohida prinsiplarni joriy etish masalalari tahlil qilindi, jinoyat qonun hujjatlariga takliflar kiritildi. 

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-02-18

Qanday Iqtibos Keltirish

FRANSIYA VA GERMANIYADA VOYAGA YETMAGANLARGA NISBATAN QO‘LLANILADIGAN JINOIY JAVOBGARLIK VA JAZODAN OZOD QILISH TURLARINING TAVSIFI VA TAHLILI. (2026). YURISPRUDENSIYA, 1(Maxsus II), 125-132. https://yurisprudensiya.tsul.uz/index.php/yurisprudensiya/article/view/346