O‘ZBEKISTONDA YURIDIK TERMINLAR TEZAURUSINI YARATISH – DOLZARB VAZIFA
Kalit so‘zlar:
yurislingvistika, tezaurus, yuridik til, yuridik terminologiya, qonun tili, qonunchilik uslubi, yuridik tarjimashunoslik, termin, lug‘at, tezaurus lug‘atAnnotatsiya
Mazkur maqolada yurislingvistika, tezaurus, yuridik til, yuridik terminologiya, qonun tili, qonunchilik uslubi, yuridik tarjimashunoslik masalalari xususida fikr yuritiladi. Oʻzbekistonda yuridik tezaurus platformasini yaratish dolzarb vazifa ekanligi alohida ta’kidlanadi. Shuningdek, mustaqillik yillarida yuridil til va yuridik terminologiya sohasida amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot ishlari tahlil qilinadi, bu sohadagi muammolar aniqlanadi. Yuridik terminlarning turli-tuman shakllarda qo‘llanishi yuridik amaliyotda salbiy holatlarga olib kelmoqda, chunki bunday yuridik terminlarda semantik jihatdan o‘ziga xos ma’no nozikliklari mavjud bo‘lib, ular yuridik matnda berilganda, bu ma’no nozikliklari yana ham kuchayib, turlicha ma’nolarni ifodalaydi. Bu esa normativ-huquqiy hujjatlarning mutaxassislar va fuqarolar tomonidan turlicha tushunilishi, sharhlanishiga sabab bo‘lmoqda. Amaliyotda ijro jarayoniga ham ma’lum ma’noda salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu esa yuridik tilda mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan holat hisoblanadi. Chunki yuridik hujjatlar o‘ta aniq va ravon ifodalanishi kerak. Ularni o‘qigan shaxs turli ma’nolarni tushunmasdan, faqat va faqat qonunshunos nazarda tutgan birgina ma’noni tushunishi lozim. O‘zbekistonda davlat tilida qonun ijodkorligi va qonun tarjimashunosligi masalalari, bu sohadagi xorijiy va milliy tajriba, qonun tarjimashunosligidagi muammolar tahlil qilingan va ularni hal etish yuzasidan ilmiy taklif va tavsiyalar berilgan.
Iqtiboslar
1. Kasymova M. Strukturno-sistemnyye osobennosti yuridicheskoy terminologii uzbekskogo yazyka [Structural and system features of legal terminology of the Uzbek language]. PhD thesis. Тashkent, 1986.
2. Boyko L.M. Zakonodatel’naya tekhnika (teoriya i praktika) [Legislative technique (theory and practice)]. Abstract of PhD thesis. Тashkent, 1984.
3. Karimova L.A. Pravovyye i nravstvennyye aspekty zakonov o yazyke [Legal and Moral Aspects of Language Laws]. PhD thesis. Тashkent, 1991.
4. Ko‘chimov Sh.N. O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining tili [The language of the laws of the Republic of Uzbekistan]. PhD thesis. Tashkent, 1995.
5. G‘ulomova G. O‘zbek yuridik terminologiyasining istiqlol davri taraqqiyoti [Development of Uzbek legal terminology during the period of independence]. PhD thesis. Tashkent, 2006.
6. Tursunova O.F. O‘zbek davlatchiligi tarixida qo‘llanilgan huquqiy terminlar lisoniy tadqiqi [Linguistic study of legal terms used in the history of Uzbek statehood]. PhD thesis. Tashkent, 2007.
7. Berdiyorov SH.N. Ikki palatali parlament sharoitida qonunchilik texnikasi (nazariya, metodologiya, amaliyot) [Legislative technique (theory, methodology, practice) in the conditions of a bicameral parliament]. PhD thesis. Tashkent, 2009.
8. Hayitov X. Qonun ijodkorligida yuridik lingvistikaning o‘rni va ahamiyati [The role and importance of legal linguistics in law-making]. PhD thesis. Tashkent, 2011.
9. Mirzayev R.I. O‘zbekiston Respublikasida davlat tilining huquqiy maqomi [Legal status of the state language in the Republic of Uzbekistan]. PhD thesis. Tashkent, 2012.
10. Mo‘ydinov Q. O‘zbek tili sud nutqi leksikasi [Uzbek Lecca Dictionary]. PhD thesis. Tashkent, 2019.
11. Ko‘chimov Sh.N. Huquqiy normalarni o‘zbek tilida ifodalashning ilmiy-nazariy muammolari [Scientific and theoretical problems of expressing legal norms in Uzbek]. Doctor’s degree dissertation. Тashkent, 2004.
12. Saidov A., Sarkisyans G. Yuridik til va huquqshunos nutqi [Legal language and law speech]. Tashkent, Adolat Publ., 1994.
13. Ko‘chimov Sh.N. O‘zbekiston Respublikasida qonunchilik texnikasi (til, uslub, huquqiy atamashunoslik) [Legisoral techniques in the Republic of Uzbekistan (language, style, legal threatena)]. Tashkent, Academy of the Ministry of Internal Affairs of the Republic of Uzbekistan, 1996.
14. Saidov A., Saidova L., Ko‘chimov Sh., Qosimova M. Qonun va til [Law and language]. Тashkent, Iqtisodiyot va huquq dunyosi Publ., 1997.
15. Davlat tili: muammolar va yechimlar [State language: problems and solutions]. Ed. A.Kh. Saidov. Тashkent, National Center for Human Rights of the Republic of Uzbekistan, 1999.
16. Saidov A., Ko‘chimov Sh. Qonunchilik texnikasi аsoslari [Legislative techniques]. Tashkent, Adolat Publ., 2001.

