ARIZA (SHIKOYAT)NING O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MA’MURIY ISH YURITISH TARTIBIDA KO‘RIB CHIQILISHINI ANIQLASHNING ILMIY-AMALIY TAHLILI

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy sud ishlarini yuritish, sud amaliyoti, ma’muriy sudlar, Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeks, “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Qonun, ma’muriy ish yuritishda ariza (shikoyat) ko‘rib chiqilishini aniqlash, da’vo predmeti, shikoyat qilish instansiyasi yuzasidan tartibni (subsidiarlik) tugatish, ma’muriy ish yuritishda ariza (shikoyat) berishning ruxsat etilgan muddatlari, protsessual huquq layoqati va protsessual layoqati, da’vo qo‘zg‘atish huquqi, da’vo qo‘zg‘atishning maqbul asoslari, shartlari va shakli

Annotatsiya

Ushbu maqolada biz O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy ish yuritish tartibida ariza (shikoyat)ning ko‘rib chiqilishini aniqlashga doir ayrim huquqiy muammolarni ochib berishga harakat qilamiz. O‘zbekistonning sud amaliyoti va qonunchiligida ma’muriy da’volarning maqbulligi tushunchasidan foydalanilmagan. Ammo Germaniya va boshqa bir qator mamlakatlarda ma’muriy ish yuritishda ma’muriy da’volarning maqbulligi va asosliligi tushunchalari alohida ajralib turadi. Ushbu tushunchalar ma’muriy ish yuritishda sudning rasmiy talablariga ko‘ra mohiyatan ko‘rib chiqilishi mumkin bo‘lmagan da’volarni kesish imkoniyatiga ega bo‘lishini ta’minlash uchun ishlatiladi. Bu esa sudlarga rasmiy talablar asosida ko‘rib chiqilishi mumkin bo‘lmagan ishlarni ko‘rib chiqish uchun vaqt va mablag‘ni behuda sarf qilmaslikka yordam beradi. Shuningdek, ma’muriy ish yuritishda da’voning maqbulligi shartlari bo‘yicha talablarning qo‘yilishi keraksiz da’volar qo‘zg‘atilishining oldini oladi va shu bilan sudlarga faqat yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan nizolarni ko‘rishga sharoit yaratiladi. Shikoyatlar kamaymoqda, sudlarning ish yuki ham mo‘tadil bo‘lib bormoqda. Bu esa qonun nuqtayi nazaridan, haqiqatan ham, muammoli ishlarga e’tibor qaratish imkonini beradi. Shuning uchun ma’muriy ish yuritishda da’voning qabul qilinishi keraksiz da’volarni kesish va muammoli nizolarni ko‘rib chiqish uchun juda muhim mexanizmdir. Boshqa tomondan, agar sudlar keraksiz da’volardan ozod qilingan bo‘lsa, ma’muriy ish yuritishda bo‘lgan ishlarni sifatli ko‘rib chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ushbu maqolada shikoyat qilish instansiyasi yuzasidan tartibni (subsidiarlik) tugatish, ma’muriy ish yuritishda ariza (shikoyat) berishning ruxsat etilgan muddatlari bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqiladi.

Iqtiboslar

1. Statistics of cases considered to invalidate the decision of the administrative body. Available at: https://stat.sud.uz/file/2023/03.05/%D1%81%D0%B0%D0%B9%D1%82%20%D0%BC%D0%B0%D1%8A%D0%BC%D1%83%D1%80%D0%B8%D0%B9%202023%20%D0%B9%D0%B8%D0%BB%203%20%D0%BE%D0%B9%D0%B8.pdf

2. Kayzer M. Predposylki prava na predʼ’yavleniye iska. Dopustimost’ iskov k organam ispolnitel’noy vlasti [Preconditions for the right to sue. Admissibility of claims against executive authorities]. Public Law Yearbook 2015: Administrative Process, Moscow, Infotropik Media Publ., 2015, p. 227.

3. Nematov J. Problemy primeneniya printsipov administrativnykh protsedur v usloviyakh novogo etapa razvitiya administrativnogo prava v Respublike Uzbekistan [Problems of applying the principles of administrative procedures in the context of a new stage in the development of administrative law in the Republic of Uzbekistan]. Proceedings of the international scientific and practical conference. Public Law Yearbook. 2018: Principles of Administrative Procedures and Administrative Court Proceedings, Moscow, Infotropik Media Publ., 2018, pp. 290–299.

4. Nematov J. Nekotoryye voprosy primeneniya printsipov sorazmernosti i vozmojnosti byt’ vyslushannym v administrativnykh protsedurax Respubliki Uzbekistan [Some issues of application of the principles of proportionality and the opportunity to be heard in the administrative procedures of the Republic of Uzbekistan]. Justice, 2020, no. 5, pp. 61–66.

5. Nematov J. New administrative law reforms in the Uzbekistan: in example of application of new principles of administrative procedure law. International Cooperation Department Research and Training Institute Ministry of Justice (Japan). ICD News, 2020, March, pp. 42–51.

6. Nematov J. Aktual’nyye voprosy primeneniya norm Zakona «Ob administrativnykh protsedurakh» v pravoprimenitel’noy praktike administrativnykh sudov Respubliki Uzbekistan [Topical issues of application of the norms of the Law “On Administrative Procedures” in the law enforcement practice of administrative courts of the Republic of Uzbekistan]. Public Law Yearbook. 2021: Instruments of action of administrative bodies, Moscow, Infotropik Media Publ., 2021,

pp. 359–372.

7. Nematov J. Voprosy primeneniya printsipa zashhity doveriya v administrativnoy sudebnoy praktike Respubliki Uzbekistan [Issues of application of the principle of trust protection in the administrative judicial practice of the Republic of Uzbekistan]. Ichki ishlar Akademiyasining axborotnomasi – Newsletter of the Academy of Internal Affairs, 2022, no. 2, pp. 27–36.

8. Barry D.D. Administrative justice: the role of Soviet courts in controlling administrative acts. Ed. G. Ginsburgs. Soviet Administrative Law: Theory and Policy, 1989, pp. 64–66.

9. Solomon p., Foglesong T. Courts and Transition in Russia. The Challenge of Judicial Reform, Westview Press, 2000, p. 70.

10. Simis K. The Making of the New Soviet Constitution: Conflict over Administrative Justice. Soviet Union, 1979, vol. 6, part 2, p. 206.

11. Smith G. Soviet Procuracy and the Supervision of Administration. Sijthoff & Noordhoff Pbl., 1978, pp. 37–54.

12. Ioffe O.S. Administrative law in the Soviet legal system: concluding remarks. Ed. G. Ginsburgs. Soviet Administrative Law: Theory and Policy, 1989, p 499.

13. Hazard J.N. What kind of propaganda in Administrative Law. Ed. G. Ginsburgs. Soviet Administrative Law: Theory and Policy, 1989, p. 28.

14. Ichihashi K. Outline and Characteristics of the Administrative Procedure Act of Socialist Countrie. Law Bulletin, vol. 65, no. 6, pp. 87-89.

15. Pudelka J. Administrativnoye pravo Germanii [German administrative law]. Administrative procedural law. Berlin Infotropik Media Publ., 2023, vol. 2, p. 19.

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-02-18

Qanday Iqtibos Keltirish

ARIZA (SHIKOYAT)NING O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MA’MURIY ISH YURITISH TARTIBIDA KO‘RIB CHIQILISHINI ANIQLASHNING ILMIY-AMALIY TAHLILI. (2026). YURISPRUDENSIYA, 3(2), 16-27. https://yurisprudensiya.tsul.uz/index.php/yurisprudensiya/article/view/528