HAKAMLIK SUDINING HAL QILUV QARORI TUSHUNCHASI VA HUQUQIY AHAMIYATI
Kalit so‘zlar:
hakamlik sudi, vakolatli sud, hakamlik muhokamasi, daʼvoni taʼminlash, arbitraj, mediatsiya, normativ-huquqiy hujjat, qonun, kodeksAnnotatsiya
Hakamlik sudlari, bizningcha, fuqarolik jamiyatining asosiy institutlaridan biri hisoblanadi. Kuchli fuqarolik jamiyatisiz zamonaviy huquqiy davlatning mavjud bo‘lishi va faoliyat yuritishi mumkin emas. Rivojlangan Gʻarb davlatlarining tajribasi shuni koʻrsatadiki, fuqarolar va tadbirkorlar hakamlik sudlariga juda ijobiy munosabatda boʻladilar. Chunki hakamlik jarayonlari fuqarolik va iqtisodiy faoliyatdagi nizo hamda boshqa muammolarni tez hamda samarali hal qilish uchun yaratilgan. Binobarin, ayni damda mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish sharoitida hakamlik sudi institutini keng rivojlantirish nihoyatda zarurdir. Shu oʻrinda taʼkidlab oʻtish joizki, bugungi kunda vakolatli sudlardan tashqari nizolarni muqobil tartibda hal qilishda hakamlik sudlari tomonidan ham fuqarolik va iqtisodiy nizolar boʻyicha ishlarning koʻrib chiqilishida turli muammolar uchrab turibdi. Maqolada hakamlik sudining hal qiluv qarori tushunchasi va huquqiy ahamiyati masalasi xorijiy tajribani tahlili qilgan holda oʻrganib chiqilgan. Shuningdek, hal qiluv qarorini ijroga qaratishda hakamlik sudining vakolatli (davlat) sudlar bilan oʻzaro munosabati, uning tartibi va kamchiliklari oʻrganib chiqildi. Shu bilan bir qatorda, hal qiluv qarori tushunchasiga mualliflik taʼrifi berildi va mediatsiya tartib-taomilini qoʻllash yuzasidan milliy qonunchiligimizga taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
Iqtiboslar
1. Ispolneniye i osparivaniye resheniy mezhdunarodnykh kommercheskikh arbitrazhey [Enforcement and challenging of international commercial arbitration decisions]. Commentary on the New York Convention of 1958 and Chapters 30 and 31 of the APC of the Russian Federation of 2002. 2008, pp. 81–85.
2. Gorun D. The Arbitration Decision in the Light of the Legal Provisions: Theoretical and Practical Aspects”. International Journal of Academic Research in Business and Social Sciences, 2017, vol. 7, no. 5, pp. 57–58.
3. Otaxonov F.X. Nizolarni muqobil hal qilish – Al’ternativnoye razresheniye sporov [Alternative dispute resolution]. Institute of Legislative Problems and Parliamentary Research under the Oliy Majlis of the Republic of Uzbekistan. A collection of articles. 2022, p. 85.
4. Raxmonqulov X.R., Oqyulov O.O. Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga sharh [Commentary on the Civil Code of the Republic of Uzbekistan]. Tashkent, Vektor-Press publ., 2010.
5. Modelnyy Zakon o treteyskikh sudakh i treteyskom razbiratelstve (prinyat postanovleniyem Mezhparlamentskoy Assamblei gosudarstv [Model Law on Arbitration Courts and Arbitration Proceedings (adopted by a resolution of the Interparliamentary Assembly of States]. Members of the Commonwealth of Independent States from November 25, 2016, no. 45-6.
6. Lew J.D.M. Applicable Law in International Commercial Arbitration: A Study in Commercial Arbitration Awards (Oceana Transnational services). New York, Oceana Publ, 1978.
7. Kurochkin S.A. Treteyskoye razbiratelstvo grazhdanskikh del v Rossiyskoy Federatsii: teoriya i praktika [Arbitration of civil cases in the Russian Federation: theory and practice]. Moscow, Vol’tere Kluver publ., 2009, pp. 61–206.
8. Kommentariy k Arbitrazhnomu protsessualnomu kodeksu Rossiyskoy Federatsii [Commentary on the Arbitration Procedural Code of the Russian Federation]. Ed. A.A. Ivanova. Moscow, 2011, p. 862.
9. Marchenko M.N. Teoriya gosudarstva i prava [Theory of State and Law]. 2nd ed., revised. and additional. Moscow, 2008, p. 601.
10. Yodgorov X., Saidmuratov B. Fuqarolik ishlari boʻyicha sudga murojaat qilish tartibi [Procedure for applying to court in civil cases]. Supreme Court of the Republic of Uzbekistan. Tashkent, 2017, p. 125.
11. Twining. W. Alternative to What? Theories of Litigation, Procedure and Dispute Settlement in Anglo-American Jurisprudence: Some Neglected Classics. The Modern Law Review, no. 56 (3), pp. 380–392.
12. Maripova S. Fuqarolik protsessida mediatsiyani qoʻllash: qiyosiy-huquqiy tahlil [Application of mediation in civil proceedings: a comparative legal analysis]. PhD thesis. 2022, p. 38.
13. Azizov N.A. Iqtisodiy sudlar tomonidan birinchi instansiyada ish yuritish tartibini takomillashtirish [Improvement of procedure of economic courts in the first instance]. PhD thesis. 2022, p. 151.
14. 6/LM- No. Mediation Agreement. 2022.
15. Raxmonqulov X.R., Oqyulov O.O. Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga sharh. [Commentary on the Civil Code of the Republic of Uzbekistan] 2010, vol. 1, p. 292. Available at: https://www.osce.org/files/f/documents/ 8/7/74875.pdf

