YANGI O‘ZBEKISTONNING ENERGETIKА TIZIMINI RIVOJLАNTIRISHNING KONSTITUTSIYAVIY-HUQUQIY АSOSLАRI
Kalit so‘zlar:
Yangi O‘zbekistonning energetika tizimi, Taraqqiyot strategiyasi, yashil energiya, qayta tiklanuvchi energiya, energiyani tejash, ekologik xavfsizlik, tabiiy resurslar, barqaror rivojlanish, amalga oshirilayotgan islohotlar, qayta tiklanadigan energiya manbalari, yer osti boyliklari, iqtisodiy rivojlanish, elektr energiyasi, atrof-muhitni muhofaza qilish, yoqilg‘i-energetika resurslari, energiya xavfsizligi, issiqlik energiyasi, qonun, global ekologik muammolarAnnotatsiya
Ushbu maqolada Yangi O‘zbekistonning energetika tizimini rivojlantirishning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari va ekologik-huquqiy taʼminlash masalalarining milliy va xalqaro konsepsiyasi va tizimiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish hamda ularni tahlil qilishga oid fikr-mulohazalar keltirilgan. Shuningdek, ekologiya huquqi nazariyasi, Yashil energetikani rivojlantirishning huquqiy asoslari va kelajak istiqbollari tizimini yanada takomillashtirish bilan bog‘liq eng muhim masalalar tahlil qilingan. Yangi O‘zbekistonning energetika tizimini rivojlantirishning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari va ekologik-huquqiy taʼminlash masalalari energiya huquqi manbalarini tartibga solish muammolari, tabiiy resurslar tizimidagi energiya huquqining milliy va xalqaro ahamiyati, ilmiy tadqiqotlar doirasida undan foydalanish huquqining kelib chiqishi nuqtayi nazaridan o‘rganilgan.
Iqtiboslar
1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.
2. 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi.
3. O‘zbekiston Respublikasini 2017–2021-yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi.
4. 2020–2030-yillarda O‘zbekiston Respublikasini elektr energiyasi bilan taʼminlash konsepsiyasi.
5. 2023-yilning 10-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida iqtisodiyot tarmoqlari, aholi va ijtimoiy soha obyektlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi.
6. 2019–2023-yillarda O‘zbekiston Respublikasida Qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirish konsepsiyasi.

