JAZO TAYINLASHNING UMUMIY ASOSLARI: TAHLIL VA TAKLIF

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

jinoiy jazo, og‘irlashtiruvchi va yengillashtiruvchi holat, jinoyatga tayyorgarlik, jinoyat sodir etishga suiqasd, jinoyatda ishtirokchilik, jazo tayinlash

Annotatsiya

Jinoyat sodir etishda aybdor deb topilgan har bir shaxs javobgarlikka tortilishi va sodir etgan ijtimoiy xavfli qilmishiga yarasha jazo olishi shart. Bugungi kunda odil sudlov siyosatini yuritish davlat siyosatining muhim bo‘g‘inlaridan biri hisoblanadi. Davlat nomidan sud tomonidan tayinlanadigan jazo adolatli bo‘lishi, shaxsni axloqan tuzalishi uchun yetarli bo‘lishi darkor. Ushbu maqolada sudlar tomonidan jazo tayinlashda inobatga olinishi lozim bo‘lgan jihatlar keltirib o‘tilgan va jinoiy jazo tayinlash sohasini takomillashtirish uchun taklif va tavsiyalar bayon qilingan. Jazoni yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlar mavjud bo‘lganda jazo tayinlash, yengilroq jazo tayinlash, boshqa-boshqa turdagi jazolar tayinlanganda ularni hisoblash tartibi keltirib o‘tilgan. Jinoyatchi shaxslarga nisbatan jazo tayinlashda uning sodir etgan jinoyatining xususiyatini inobatga olgan holda insonparvarlik va qonuniylik prinsiplarining ro‘baro kelishi adolatni ta’minlashda ustuvor prinsiplar ekanligi muhokama qilingan. Jazo tayinlashdan ko‘zlangan maqsadga erishish va jinoyat sodir etilishining oldini olish davlat siyosatining utuvor vazifasi ekanligi keltirib o‘tilgan. Shuningdek, jazo tayinlash borasida xorijiy tajribalar o‘rganilgan holda milliy tizimimizdagi holatlar bilan qiyosiy tahlil etilgan va ularni joriy qilish masalalari tahlil qilingan.   

Iqtiboslar

1. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi. [Criminal Code of the Republic of Uzbekistan] 22.09.1994. Available at: https://lex.uz/docs/-111453/.

2. 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” [Development strategy of the New Uzbekistan]. Available at: Янги_Ўзбекистоннинг_тараққиёт_стратегияси.pdf/.

3. Available at: https://stat.sud.uz/file/2022/17-01/jinoyat-2021-12oy.pdf/.

4. Mingalimova M.F. Naznachanie nakazaniya s uchetom smyagchayushix obstoyatelstvo. Diss. kandidada yuridichiskiy nauk. Moskva, 2019, 15-bet.

5. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga sharx.[Commentary to the Criminal Code of the Republic of Uzbekistan] Qayta ishlangan va to‘ldirilgan ikkinchi nashr. 2016-yil 1-noyabrgacha bo‘lgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan] Umumiy qism. M. Rustamboyev. Toshkent: Adolat, 2016. 387-b.

6. Rozimova Q.Yu. Bir necha jinoyat va bir necha xukm yuzasidan jazo tayinlash [Punishment for multiple offenses and multiple convictions]. Diss. yu. fan. bo‘y.fal.doktori (PhD) avtoreferat. 15-b.

7. Rustambayev M.X. O‘zbekiston Respublikasi jinoyat huquqi kursi. [Cousre of Criminal Law of the republic of Uzbekistan] Tom 2. Jazo haqida ta’limot. Darslik. 2-nashr, to‘ldirilgan va qayta ishlangan. T.: O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti, 2018. 132 b.

8. Jinoyat huquqi. [Criminal Law] (Umumiy qism) Darslik. Mas’ul muharrir: yu.f.f.d (PhD) X.Ochilov. T.: Adolat nashriyoti, 2020, 114-b.

9. Criminal code of the Republic of Ukraine.05.04.2001. article 68 file:///C:/Users/User/Desktop/Til/dissertatsiya%20uchun/kodekslar/ukraina.pdf

10. Criminal code of the Republic of Belarus.09.07.1999. article 67. Available at: file:///C:/Users/User/Desktop/Til/dissertatsiya%20uchun/kodekslar/ugolovnyj_kodeks_respublyky_belarus.pdf

11. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining Qarori “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida” [Decision of the Supreme Court of the Republic of Uzbekistan “on the practice of sentencing bu courts”] 03.02.2006.37-band 3-xatboshi. Available at: https://lex.uz/docs/-1455976

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2022-06-20

Qanday Iqtibos Keltirish

JAZO TAYINLASHNING UMUMIY ASOSLARI: TAHLIL VA TAKLIF. (2022). YURISPRUDENSIYA, 2(Maxsus I), 183-189. https://yurisprudensiya.tsul.uz/index.php/yurisprudensiya/article/view/684