Mezonin kapitalning tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirishdagi o‘rni va uning huquqiy tartibga solinishi
Kalit so‘zlar:
gibrid kapital, mezonin moliyalashtirish, huquqiy tartibga solish, tadbirkorlik, investor, tuzilmaviy bo‘ysunish, aksiAnnotatsiya
Ushbu maqola tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirishning an’anaviy usullari (bank krediti, lizing) moslashuvchanlik va innovatsion loyihalardagi xavfni qabul qilishda yetarli emasligi sharoitida mezonin moliyalashtirish kabi noan’anaviy, gibrid vositaning o‘rnini o‘rganishga qaratilgan. Mezonin qarz va kapital elementlarini birlashtirib, kompaniyalarga mavjud aksiyadorlik ulushini kamaytirmasdan katta hajmda kapital jalb qilish imkonini beradi va bankrotlik holatida ustuvorlikda yuqori kreditor va aksiyadorlar orasidagi o‘rta o‘rinni egallaydi. Tadqiqotning asosiy qismi mezoninning huquqiy tartibga solinishini qiyosiy tahlil qilishdan iborat. AQShda bu mexanizm Yagona tijorat kodeksi va 1933-yilgi Qimmatli qog‘ozlar to‘g‘risidagi qonun doirasida tartibga solinadi, bunda eng muhimi – mezonin kreditorning aksiya/ulush garovini tezkor va sudsiz musodara qilish huquqidir. Buyuk Britaniyada esa, “Companies Act 2006”, “Insolvency Act 1986” va “FSMA 2000” qoidalari mezoninning tuzilmaviy bo‘ysunishini tasdiqlaydi va uning professional faoliyatini litsenziyalashdan istisno qiladi. Maqolada mezonin bitimining asosiy ishtirokchilari – qarz oluvchi, yuqori kreditor va mezonin kreditor o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, ularning navbati, garov obyekti (aksiyalar/ulushlar) va daromad talablari batafsil ochib berilgan. Xulosada, mezoninning O‘zbekistondagi an’anaviy moliyalash turlariga o‘xshash jihatlaridan kelib chiqib, milliy qonunchilikka tegishli normalarni implementatsiya qilish, jumladan, garovni tezkor joriy etish va xususiy investitsiyalar uchun huquqiy aniqlik berish zarurligi asoslanadi.
Iqtiboslar
1.Chernikov, V. E. (2024). Mezaninnoe finansirovanie kak instrument privlecheniya sredstv v proekty gosudarstvenno-chastnogo partnerstva. 2.Obrazovanie i pravo [Education and Law], (8), 95.
3.Companies Act 2006. (2006). Companies Act 2006 [Law of the United Kingdom on companies]. 4.https://www.legislation.gov.uk/ukpga/2006/46/contents
5.European Parliament & Council of the European Union. (2011). Directive 2011/61/EU on Alternative Investment Fund Managers [Directive on alternative investment fund managers]. https://eur-lex.europa.eu/eli/dir/2011/61/oj/eng
6.Fawcett, J. (2010). Corporate finance and legal risk. Sweet & Maxwell.
7.Financial Services and Markets Act 2000. (2000). Financial Services and Markets Act 2000 [Law of the United Kingdom on financial services and markets]. https://www.legislation.gov.uk/ukpga/2000/8/contents
8.Handelsgesetzbuch. (2024). German Commercial Code. https://www.gesetze-im-internet.de/englisch_hgb/
Insolvency Act 1986. (1986). Law of the United Kingdom on insolvency. https://www.legislation.gov.uk/ukpga/1986/45/contents
Land Registration Act 2002. (2002). Law of the United Kingdom on land registration. https://www.legislation.gov.uk/ukpga/2002/9/contents
Leach, J., & Melicher, R. (2014). Entrepreneurial finance (1st ed.). South-Western Cengage Learning.
9.Lurie, V., & Melikhov, E. (2013). Mezzanine financing: International experience and Russian practice.
10.Mokina, L., & Strelnikov, E. (2017). Mezoninnoe finansirovanie kak alternativnyу istochnik korporativnogo finansirovaniya: rossiiskiу opyt [Mezzanine financing as an alternative source of corporate financing: Russian experience]. Zhurnal ekonomicheskikh issledovaniy [Journal of Economic Research], 3(12), 6–7.
11.Pirkova, G. X. (2017). Mezoninnoe finansirovanie kak istochnik finansirovaniya na sovremennom etape razvitiya predprinimatelskoy deiatelnosti v Rossiiskoy Federatsii [Mezzanine financing as a source of financing at the present stage of entrepreneurial activity development in the Russian Federation]. Rossiyskoe predprinimatelstvo [Russian Journal of Entrepreneurship], 18(7), 1151–1158.
12.Sazonov, S. P. (2016). Alternative sources of business development: Mezzanine financing.
Yuklab Olishlar
Nashr qilingan
Son
Bo‘lim
Litsenziya
Mualliflik huquqi (c) 2026 YURISPRUDENSIYA

Ushbu ish Creative Commons Attribution 4.0 International License ostida litsenziyalangan.

