MEDIATSIYA VA ARBITRAJ: O‘ZBEKISTONDA INVESTITSIYA NIZOLARINI HAL ETISHNING GIBRID SHAKLLARINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

investitsiya nizolari, mediatsiya, xalqaro tijorat arbitraji, Arb-Med-Arb, Med-Arb, kompetensiya, onlayn nizolarni hal etish (ODR), UNCITRAL, UNCTAD

Annotatsiya

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida investitsiya nizolarini hal etishning mediatsiya va arbitrajni uyg‘unlashtiruvchi gibrid mexanizmlarini joriy etish va rivojlantirishning huquqiy istiqbollari tahlil qilingan. Ko‘p bosqichli shartnoma bandlarining huquqiy tabiati, mediatsiya natijasida erishilgan kelishuvlarning ijro etilishi hamda ularni tomonlar kelishuviga muvofiq arbitraj qarori shakliga keltirish masalalari o‘rganiladi. Maxfiylikni ta’minlash, ommaviy tartib (public order)ga rioya qilish hamda arbitraj tarkibining vakolatini belgilash muammolariga e’tibor qaratilgan. Gibrid tartib-taomillarning xalqaro investitsiya bitimlari bilan o‘zaro aloqasi Hindiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi 2024-yilgi ikki tomonlama investitsiya bitimi misolida hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Savdo va taraqqiyot konferensiyasi (UNCTAD) ma’lumotlari asosida tahlil qilinadi. Bundan tashqari, nizolarni hal etish jarayonlarini raqamlashtirish salohiyati ham ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotning metodologik asosini qiyosiy-huquqiy, formal-yuridik va tizimli usullar, shuningdek, xalqaro shartnomalar, milliy qonunchilik va arbitraj amaliyoti tahlili tashkil etadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining huquqiy tizimi investitsiya nizolarini hal etishning gibrid mexanizmlarini rivojlantirish uchun zarur institutsional va normativ shart-sharoitlarga ega ekani aniqlangan. Bunga majburiy mediatsiya bosqichi, zamonaviy arbitraj tartibga solinishi hamda arbitraj qarorlarini transchegaraviy tan olish va ijro etish mexanizmlari kiradi. Huquqiy jihatdan eng barqaror model sifatida tomonlar kelishuviga asoslangan holda mediatsiya va arbitrajning ketma-ket qo‘llanishi hamda erishilgan kelishuvni arbitraj qarori shaklida rasmiylashtirish tavsiya etilishi asoslab berilgan. Tomonlar ixtiyoriyligi, ommaviy manfaatlarni himoya qilish va investitsiya arbitrajining samaradorligi o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.

Iqtiboslar

Abdrasulov, E. B. (2021). Development of arbitration and mediation in the Republic of Kazakhstan: Problems and prospects. Bulletin of the Institute of Legislation and Legal Information of the Republic of Kazakhstan, 3(66), 55–64.

Born, G. B. (2014). International commercial arbitration (2nd ed.). Kluwer Law International.

Deason, E. E. (2013). Combinations of mediation and arbitration with the same neutral: A framework for judicial review. Stanford Law Review, 65, 219–294.

Dolzer, R., Kriebaum, U., & Schreuer, C. (2022). Principles of International Investment Law (3rd ed.). Oxford University Press.

Gaillard, E., & Savage, J. (Eds.). (1999). Fouchard, Gaillard, Goldman on international commercial arbitration. Kluwer Law International.

Imamov, N. F. (2022). Legal foundations for the development of mediation and arbitration in the Republic of Uzbekistan. Legal Science and Practice, 4, 33–40.

Menkel-Meadow, C. (2019). Med-Arb and hybrid dispute resolution processes. Journal of Dispute Resolution, 2019(2), 1–28.

Nosyreva, E. I. (2017). Alternative dispute resolution in the Russian Federation: Theory and practice. Infotropic Media.

Republic of Uzbekistan. (2018, July 3). Law “On mediation” (No. LRU-482) Lex.uz.

Republic of Uzbekistan. (2019, December 25). Law “On investments and investment activity”

(No. LRU-598). Lex.uz. https://lex.uz/docs/4664142

Republic of Uzbekistan. (2021, February 16). Law “On international commercial arbitration”

(No. LRU-674). Lex.uz.

Rustambekov, I. R. (2023). Alternative dispute resolution methods in investment and corporate legal relations. Journal of International Private Law, 2, 45–52.

Singapore International Arbitration Centre, & Singapore International Mediation Centre. (n.d.).

Arb-Med-Arb model clause. https://www.siac.org.sg

Skvortsov, O. Yu. (2021). Multi-tier arbitration clauses and their application in international commercial arbitration. Arbitration Court Journal, 3, 22–35.

Suleymenov, M. K. (2020). Alternative methods of commercial dispute resolution in the EAEU member states. Civil Law Review, 6, 15–28.

Susskind, R. (2019). Online Courts and the Future of Justice. Oxford University Press.

Sussman, E. (2014). Arb-Med-Arb: From China to Singapore and beyond. Fordham International Law Journal, 37(4), 1231–1268.

United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland. (1996, June 17). Arbitration Act 1996 (c. 23). Legislation.gov.uk. https://www.legislation.gov.uk/ukpga/1996/23/body

United Nations Commission on International Trade Law. (2021). UNCITRAL mediation rules. United Nations.

United Nations Commission on International Trade Law. (2008). UNCITRAL Model Law on International Commercial Arbitration (1985), with amendments as adopted in 2006. United Nations.

United Nations Conference on Trade and Development. (2024). International investment agreements navigator: Uzbekistan; India–Uzbekistan BIT.

United Nations. (1958). Convention on the recognition and enforcement of foreign arbitral awards (New York Convention). United Nations Treaty Series.

United Nations. (2018). United Nations Convention on International Settlement Agreements Resulting from Mediation (Singapore Convention). United Nations Treaty Series.

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-07-16

Qanday Iqtibos Keltirish

MEDIATSIYA VA ARBITRAJ: O‘ZBEKISTONDA INVESTITSIYA NIZOLARINI HAL ETISHNING GIBRID SHAKLLARINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI. (2026). YURISPRUDENSIYA, 6(3), 102-110. https://yurisprudensiya.tsul.uz/index.php/yurisprudensiya/article/view/758