STEYBLKOINLAR ORQALI TOʻLOV QILISHNING SHARTNOMAVIY ASOSLARI TAVSIFI
Kalit so‘zlar:
steyblkoin, smart-shartnoma, raqamli aktivlar, blokcheyn, raqamli toʻlovlar, shartnomaviy huquq, tokenizatsiya, avtomatik ijroAnnotatsiya
Mazkur maqolada steyblkoinlar orqali amalga oshiriladigan toʻlov munosabatlarining shartnomaviy-huquqiy asoslari tahlil qilingan. Raqamli iqtisodiyot sharoitida steyblkoinlarning toʻlov vositasi sifatida keng qoʻllanishi ular bilan bogʻliq huquqiy munosabatlarning mazmuni va mexanizmini qayta koʻrib chiqish zaruratini yuzaga keltirmoqda. Tadqiqotda steyblkoinlarning huquqiy tabiati, ular orqali hisob-kitoblarni amalga oshirishda smart-shartnomalarning oʻrni va shartnomaviy munosabatlarni avtomatlashtirishdagi ahamiyati oʻrganilgan. Muallif tomonidan smart-shartnoma tushunchasiga oid xorijiy huquqiy doktrinada shakllangan asosiy yondashuvlar tahlil qilinib, ularning afzallik va kamchiliklari baholangan. Tadqiqot natijalariga koʻra, smart-shartnomani faqat oʻz-oʻzini ijro etuvchi dasturiy mexanizm sifatida emas, balki raqamli muhitda huquq va majburiyatlarni yuzaga keltiruvchi hamda avtomatlashtirilgan ijroni taʼminlovchi fuqarolik-huquqiy konstruksiya sifatida baholash maqsadga muvofiqligi asoslab berilgan, shuningdek, raqamli toʻlov infratuzilmasining rivojlanishi sharoitida shartnomaviy huquqni takomillashtirish boʻyicha xulosalar shakllantirilgan.
Iqtiboslar
Alabi, F. (2017, August 9). Taking contracting digital: Examination of the smart contracts experiment. New York University.
De Filippi, P., & Wright, A. (2018). Blockchain and the law: The rule of code. Harvard University Press.
International Monetary Fund. (2025). Understanding stablecoins. Monetary and Capital Markets Department. https://doi.org/10.5089/9798229024075.087
Isaqulova, E. (2024). Smart-kontraktlar terminologiyasi, kelib chiqishi va ahamiyati [Terminology, origin and significance of smart contracts]. Uzbekistan – 2030: Prospects for Innovation, Science and Education.
Jaccard, G. (2017, November 23). Smart contracts and the role of law. Jusletter IT, 3.
Kerikmäe, T., & Rull, A. (2016). The future of law and eTechnologies (p. 112). Springer International Publishing.
Legal Nodes Team. (2025, November 11). The EU Markets in Crypto-Assets (MiCA) Regulation explained. https://legalnodes.com/article/mica-regulation-explained
Oqyoʻlov, O., Imomov, N., Xodjiyev, Y., Ibrohimov, A., & Koryogʻdiyev, B. (2026). Majburiyat huquqi [Law of obligations]. Dimal.
Republic of Uzbekistan National Agency of Perspective Projects. (2022, November 29). Regulation on the procedure for issuance, registration of issuance and circulation of crypto-assets by residents of the Republic of Uzbekistan (Registration No. 3397). National Database of Legislation.
Savelev, A. I. (2016). Dogovornoe pravo 2.0: “umnyye” kontrakty kak nachalo kontsa klassicheskogo dogovornogo prava [Contract law 2.0: “Smart” contracts as the beginning of the end of classic contract law]. Bulletin of Civil Law, (3), 40.
Somova, E. V. (2019). Smart-kontrakt v dogovornom prave [Smart contract in contract law]. Journal of Foreign Legislation and Comparative Law, (2), 80.
Szabo, N. (1996). Smart contracts: Building blocks for digital markets. http://www.fon.hum.uva.nl/rob/Courses/InformationInSpeech/CDROM/Literature/LOTwinterschool2006/szabo.best.vwh.net/smart_contracts_2.html
Towfighi, J. (2025, June 5). What are stablecoins? Everything to know about the crypto being debated in Congress. CNN Business.
Troshkin, A. A. (2025). Steblkoiny v mezhdunarodnykh raschyotakh i ikh vliyanie na valyutnye rynki [Stablecoins in international settlements and their impact on currency markets]. The Eurasian Scientific Journal, 17(s5). https://esj.today/PDF/02FAVN525.pdf
Zaynutdinova, E. V. (2022). Smart-kontrakt v grazhdanskom prave [Smart contract in civil law] [Candidate dissertation]. Siberian Federal University.
Yuklab Olishlar
Nashr qilingan
Son
Bo‘lim
Litsenziya
Mualliflik huquqi (c) 2026 YURISPRUDENSIYA

Ushbu ish Creative Commons Attribution 4.0 International License ostida litsenziyalangan.



