IQLIM OʻZGARISHI SHAROITIDA EKOLOGIK XAVFSIZLIKNI HUQUQIY TAʼMINLASHNING ILMIY-NAZARIY JIHATLARI

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

ekologik xavf, ekologik xavfsizlik, ekologik inqiroz, ekologik muvozanat, ekologik muammo, chang boʻroni, atmosfera havosi, ekologiya kodeksi, ozon qatlamini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun

Annotatsiya

 Maqolada iqlim oʻzgarishi sharoitida ekologik xavfsizlikni huquqiy qoʻllab-quvvatlashning ilmiy-nazariy jihatlari tahlil qilinadi va Oʻzbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi talablari asosida bu masalaning dolzarbligi ifodalanadi. Xususan, ekologik xavfsizlikni huquqiy taʼminlash va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish tartibi hamda talablarini ishlab chiqish, shu jumladan, Ekologiya, Suv va Oʻrmon kodeksini ishlab chiqish, shuningdek, “Ozon qatlamini muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi alohida qonunni qabul qilish taklif etiladi. Taraqqiyot strategiyasi doirasida barcha sohalar qatori atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar ham jtimoiy-iqtisodiy barqaror rivojlanish, ekologik xavfsizlikni taʼminlashga xizmat qilayotgani alohida taʼkidlanadi. Bu borada qonun, meʼyoriy hujjatlar va BMTning iqlim oʻzgarishi boʻyicha konvensiyasi muhimligiga e’tibor qaratiladi. Shuningdek, maqolada muallif qiyosiy usullardan foydalangan holda Fransiya, Shvetsiya va Kot-dʼIvuar Respublikasi misolida ekologik xavfsizlikni huquqiy jihatdan taʼminlashning ayrim masalalarini koʻrib chiqadi. Milliy qonunchiligimizni xorijiy tajriba asosida amaliyotga tatbiq etish va takomillashtirish boʻyicha bir qator ilmiy-nazariy takliflar beradi. 

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-01-29

Qanday Iqtibos Keltirish

IQLIM OʻZGARISHI SHAROITIDA EKOLOGIK XAVFSIZLIKNI HUQUQIY TAʼMINLASHNING ILMIY-NAZARIY JIHATLARI. (2026). YURISPRUDENSIYA, 4(6), 79-88. https://yurisprudensiya.tsul.uz/index.php/yurisprudensiya/article/view/84