JINSIY JINOYATLARNING OBYEKTIV BELGILARIGA DOIR ILMIY YONDASHUVLAR

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

jazo, javobgarlik, jabrlanuvchi, jinoyat, jinsiy, jinsiy daxlsizlik, jinoyat-huquqiy jihatlari, zoʻravonlik, tajovuz, nomusga tegish

Annotatsiya

Mazkur maqolada jinsiy jinoyatlarning obyektiv belgilariga doir ilmiy yondashuvlar tahlil etilgan. Bundan tashqari, maqolada jinsiy jinoyatlar shaxsga qarshi qaratilgan, jinsiy erkinlik va daxlsizlikka tajovuz qiluvchi, jamiyat uchun eng xavfli jinoyatlardan biri ekanligi hamda uning ijtimoiy xavfliligi borasidagi olimlarning fikrlari keltirilgan. Muallif  maqolani tahlil qilish jarayonida  jinsiy jinoyatlarning obyekti sifatida shaxsning normal jinsiy rivojlanishini tan oluvchi huquqshunoslar fikrini ham  oʻrganib, oʻz fikr-mulohazalarini bildirgan. Shuningdek, muallif mazkur maqolada Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 118- va 119-moddalarini bir-biridan farqlovchi belgilari va jihatlariga ham toʻxtalib oʻtgan. Shu bilan bir qatorda, maqolada shaxsning jinsiy rivojlanishiga tajovuz qilish nafaqat jismoniy oqibat, balki birinchi navbatda, ruhiy va ijtimoiy xavf tugʻdirishi bilan bogʻliq ekanligi tahlil etilgan. Maqolada jinsiy jinoyatni sodir etishda, jinoyat sodir etayotgan shaxs jabrlanuvchining qarshiligini sindirish uchun hamda hali mavjud boʻlmagan qarshilikning oldini olish maqsadida qilingan harakatlar bilan bogʻliq zoʻrlik turlari ham oʻrganilgan. 

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-01-29

Qanday Iqtibos Keltirish

JINSIY JINOYATLARNING OBYEKTIV BELGILARIGA DOIR ILMIY YONDASHUVLAR. (2026). YURISPRUDENSIYA, 4(6), 89-103. https://yurisprudensiya.tsul.uz/index.php/yurisprudensiya/article/view/85