IQTISODIY EKSPERTIZALARNI TAYINLASH VA OʻTKAZISH BILAN BOGʻLIQ MUAMMOLAR TAHLILI
Kalit so‘zlar:
sud-iqtisodiy ekspertiza, ekspert xulosasi, jinoyat protsessi, iqtisodiy jinoyatlar, ekspertiza metodikasi, ekspertlar malakasi, maxsus bilimlar, mutaxassis xulosasi, sud ekspertizasi muassasalari, raqamli dalillarAnnotatsiya
Mazkur maqolada jinoyat sud ishlarini yuritishda iqtisodiy ekspertizalarni tayinlash va oʻtkazish bilan bogʻliq dolzarb muammolar va ularning yechimlari tahlil qilingan. Tadqiqotda iqtisodiy ekspertizalarning yagona tasnifi mavjud emasligi, ekspertiza tayinlashda subyektivizm muammosi, ekspertlarning yetarli tajriba va koʻnikmalarga hamda ekspertiza oʻtkazish uchun zarur hujjatlarga ega emasligi, metodikalar mukammal ishlab chiqilmaganligi, ekspertlarning mustaqilligi masalasi, ekspertiza muddatlari va xulosalarning sifati kabi muhim masalalar koʻrib chiqilgan. Maqolada ushbu muammolarni bartaraf etish uchun qonunchilikni takomillashtirish, ekspertlarning malakasini oshirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, xalqaro tajribani oʻrganish va qoʻllash boʻyicha tavsiyalar berilgan. Shuningdek, ekspertiza xulosalarini baholash, raqamli dalillarni tekshirish, ekspertiza obyektlarini saqlash va ularning butligini taʼminlash masalalari ham tadqiq etilgan. Tadqiqot natijasida iqtisodiy ekspertizalarning barcha turlarini qamrab oluvchi yagona tasnifni ishlab chiqish va uni qonunchilikda mustahkamlash, ekspertiza tayinlashda mutaxassislar maslahatidan foydalanish, yosh mutaxassislar uchun majburiy vebinarlar va kurslar tashkil etish, tergovchi hamda surishtiruvchilarning iqtisodiy bilimlarini oshirish boʻyicha maxsus oʻquv kurslarini tashkil etish, iqtisodiy ekspertizalarning barcha turlari boʻyicha batafsil uslubiy qoʻllanmalar ishlab chiqish kabi amaliy tavsiyalar berilgan. Maqolada keltirilgan taklif va tavsiyalar iqtisodiy ekspertizalarning sifati va samaradorligini oshirishga, pirovardida esa iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish samaradorligini yuksaltirishga xizmat qiladi.

