KORRUPSIYANING OLDINI OLISHDA MAʼLUMOTLARNING TAQSIMLANGAN REYESTRI (BLOKCHEYN) TEXNOLOGIYASI AHAMIYATI

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

maʼlumotlarning taqsimlangan reyestri, blokcheyn, raqamlashtirish, korrupsiyaning oldini olish, maʼlumotlar bazalari, reyestr, nomarkazlashtirish, ochiqlik, oʻzgarmaslik

Annotatsiya

Dunyo mamlakatlarida maʼlumotlarning taqsimlangan reyestri (blokcheyn) texnologiyasidan foydalanish tobora ahamiyat kasb etib bormoqda. Jahon tajribasida korrupsiyaning oldini olishda raqamli maʼlumotlarni xavfsiz va shaffof tarzda saqlash uchun ushbu texnologiyadan keng foydalaniladi. Oʻzbekistonda ham bu borada raqamli innovatsiyalar imkoniyatlaridan, xususan, blokcheyn texnologiyasidan foydalanish muhim hayotiy ahamiyatga ega. Maqolada maʼlumotlarni xavfsiz va shaffof tarzda saqlash uchun foydalaniladigan zamonaviy texnologiya – blokcheyn tushunchasi, mazmuni va uning raqamlashtirishda tutgan oʻrni koʻrib chiqilgan. Davlat xizmatlarini raqamlashtirishda shaffoflikni oshirish orqali korrupsiyani kamaytirish davlat muassasalariga nisbatan ishonchni mustahkamlashga ham yordam beradi. Bu esa mavzuning qanchalar dolzarbligini belgilaydi. Muallif Oʻzbekistonda ham bu texnologiyani rivojlantirishning ayrim huquqiy va institutsional jihatlarini, jumladan, sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, davlat xizmatlarini koʻrsatishda idoralararo elektron hamkorlikni kengaytirish va mavjud maʼlumotlar bazasini raqamlashtirish borasida mamlakatimizda qabul qilingan qonunchilik normalarini o‘rgangan. Shu bilan birga, maqolada maʼlumotlarning ishonchliligi, xavfsizligini taʼminlashda, korrupsiyaning oldini olishda blokcheynning ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, tadqiqotda ushbu texnologiyani turli sohalarda qoʻllash boʻyicha xalqaro tajribalar qiyosiy-huquqiy tahlil, sintez, kuzatish metodlari asosida tahlil qilingan. Xulosada tahlillar natijalariga koʻra korrupsiyaga qarshi kurashishda blokcheyn texnologiyasidan foydalanish boʻyicha takliflar ilgari surilgan.

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-01-29

Qanday Iqtibos Keltirish

KORRUPSIYANING OLDINI OLISHDA MAʼLUMOTLARNING TAQSIMLANGAN REYESTRI (BLOKCHEYN) TEXNOLOGIYASI AHAMIYATI. (2026). YURISPRUDENSIYA, 5(1), 95-101. https://yurisprudensiya.tsul.uz/index.php/yurisprudensiya/article/view/96