Jurnal haqida
“Yurisprudensiya” jurnali — Toshkent davlat yuridik universiteti muassisligidagi huquqiy ilmiy-amaliy nashr hisoblanadi. Jurnal yiliga 6 marta chop etiladi.
“Yurisprudensiya” ochiq kirish (open access) asosida faoliyat yuritadi hamda ilmiy maqolalar anonim ekspertiza — double-blind peer review tizimi orqali ko‘rib chiqiladi.
Nashr yurisprudensiya sohasining barcha yo‘nalishlarini qamrab oladi. Jurnal Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tomonidan yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) dissertatsiyalari natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan.
Maqolalar o‘zbek, rus va ingliz tillarida nashr etiladi.

