DAVLAT FUQAROLIK XIZMATCHILARI AYRIM TOIFADAGI XODIMLAR SIFATIDA

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

davlat xizmati, davlat xizmatchilari, mehnat shartlari, mehnat intizomi, xizmat majburiyatlari, xizmat samaradorligi, intizomiy javobgarlik

Annotatsiya

Maqolada davlat xizmatchilarining ayrim toifadagi xodimlar sifatidagi huquqiy maqomi, ushbu xizmatni tashkil etishning huquqiy asoslari, ushbu xizmatni amalga oshirishning oʻziga xos xususiyatlari, davlat fuqarolik xizmatini tashkil etishga oid ilmiy-nazariy qarashlar tahlili ko‘rib chiqilgan. Shu  jumladan, davlat xizmatchilarining huquqiy maqomiga oid olimlarning turli qarashlari, ushbu masalaning muammoli jihatlari, tegishli meʼyoriy hujjatlar bilan tartibga solinishi lozim boʻlgan eng muhim masala, yaʼni davlat xizmati toʻgʻrisidagi mehnat qonunchiligini amalga oshirishga turlicha yondashuvlar tahlil qilingan. Shuningdek, davlat xizmatchilarining mehnat shartnomasiga oʻzgartirishlar kiritish va shartnomani mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda va shartlarda bekor qilish mumkinligi, xususan, qonunchilik talablariga rioya etmaganlik, xizmat intizomini buzganlik, oʻz xizmat vazifalarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik yoxud xizmatga sovuqqonlik bilan munosabatda boʻlganlik, davlatlarning manfaatlariga zarar yetkazganlik kabi holatlar bayon etilgan. Muallif tomonidan ularning huquqlarini amalga oshirish imkoniyatlari, shu jumladan, lavozim yoʻriqnomalari va ularning lavozim vakolatlari, majburiyatlari va javobgarligini belgilovchi boshqa hujjatlar bilan tanishish, mehnatni muhofaza qilish talablariga javob beradigan ish olish, shuningdek, uni takomillashtirish boʻyicha gʻoyalar va mulohazalar ilmiy-nazariy va qiyosiy-huquqiy jihatdan tahlil qilingan.

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-02-20

Qanday Iqtibos Keltirish

DAVLAT FUQAROLIK XIZMATCHILARI AYRIM TOIFADAGI XODIMLAR SIFATIDA. (2026). YURISPRUDENSIYA, 5(6), 41-51. https://yurisprudensiya.tsul.uz/index.php/yurisprudensiya/article/view/166