JINOYAT PROTSESSI DOIRASIDA EKSPERTIZANING UMUMIY JIHATLARI VA VAZIFALARI
Kalit so‘zlar:
inoyat protsessi, sud ekspertizasi, dalillar, tergov, sud amaliyoti, adolatli sudlov, ilmiy yondashuv, ekspertiza institutiAnnotatsiya
Mazkur maqolada jinoyat protsessi doirasida sud ekspertizasining umumiy jihatlari, mazmuni va ahamiyati keng qamrovda tahlil qilingan. Tadqiqotda sud ekspertizasi institutining huquqiy tabiati, uning jinoyat-protsessual huquq tizimidagi o‘rni va funksional mohiyati nazariy jihatdan asoslab berilgan. Shuningdek, ekspertiza faoliyatining ilmiy-nazariy poydevorini tashkil etuvchi tushuncha va kategoriyalar, ekspert xulosasining huquqiy kuchi hamda uni isbotlash vositasi sifatidagi ahamiyati ilmiy manbalar asosida yoritilgan. Tadqiqot natijalari jinoyat-protsessual huquqni yanada takomillashtirish, tergov va sud amaliyotida sud-ekspertiza institutidan samarali foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan. Ayniqsa, ekspertiza institutining ilmiy-nazariy konsepsiyasini chuqurlashtirish, uning huquqiy tabiatini tizimli tahlil qilish va sud amaliyotida nazariy bilimlarni amaliy qo‘llash mexanizmlarini ishlab chiqish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Yuklab Olishlar
Nashr qilingan
Son
Bo‘lim
Litsenziya

Ushbu ish Creative Commons Attribution 4.0 International License ostida litsenziyalangan.

