Fuqarolik huquq va burchlarining vujudga kelishi hamda ularni himoya qilishni takomillashtirish
Kalit so‘zlar:
fuqarolik huquqi, majburiyat, himoya, yuridik fakt, yigʻilish qarori, siyosiy huquq, mulkiy huquq, zarar, boy berilgan foyda, shaxsning huquqini oʻzi himoya qilishiAnnotatsiya
Mazkur maqolada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-apreldagi F–5464-son farmoyishi bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolik qonunchiligini takomillashtirish Konsepsiyasidan kelib chiqib, fuqarolik huquq va burchlarining vujudga kelishi hamda ularning himoya qilinishi masalalari tahlil qilingan. Unda fuqarolik huquq va burchlarining vujudga kelish asoslari sifatida yigʻilish qarorlarining huquqiy tabiati, yuridik fakt sifatidagi oʻrni va mohiyati xorijiy davlatlar qonunchiligi asosida o‘rganilgan hamda FKning yangi tahririga yigʻilish qarorlariga oid qoidalarni kiritish boʻyicha takliflar asoslantirilgan. Shuningdek, fuqarolik huquqlarining siyosiy huquqlardan mustaqilligiga oid qoidalar ham fuqarolik huquq va burchlarining vujudga kelishiga taʼsiri nuqtayi nazaridan tahlil etilgan va bu haqdagi normalarni ham yangi tahrirdagi FKga kiritish gʻoyasi ilgari surilgan. Bundan tashqari, mazkur maqolada shaxs oʻzining fuqarolik huquqlari buzilganda, tan olinmaganda yoki nizolashilayotganda, ushbu huquqlarni himoya qilishga haqliligi normasini FKga kiritish muammosi ham tahlil etilgan. Qolaversa, maqolada FKga shaxsning oʻz huquqini oʻzi himoya qilishning shartlari, mezonlari va chegaralari masalalari ham oʻrganilib, bu boradagi yangi talablarni qonunchilikda ifodalash zarurligi asoslantirilgan. Fuqarolik huquqlarini himoya qilishda boy berilgan foyda institutiga oid qoidalarni aniqlashtirish masalalari ham bugungi kunda dolzarb tusga ega va bunda ham boy berilgan foydaning mavjudligi va uning miqdorini belgilashning aniq shartlarini belgilash zarur. Shu bilan birga, fuqarolik huquqlarini himoya qilishda davlat organlari va mansabdor shaxslari tomonidan yetkazilgan zararlarni qoplashga oid qoidalarning ham bugungi kunda zamonaviy voqeliklar negizida aniq huquqiy tartibga solinishi dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Iqtiboslar
1. Krivusheva S.S. Resheniya sobraniy kak yuridicheskiye fakti v rossiyskom grajdanskom prave [Assembly Decisions as Legal Facts in Russian Civil Law]. Abstract of PhD dissertation. Yekaterinburg, 2018.
2. Krasheninnikov Ye.A., Baygushev Y.V. Odnostoronniye i mnogostoronniye sdelki [Unilateral and multilateral transactions]. Vestnik VAS RF – Bulletin of the Supreme Arbitration Court of the Russian Federation, 2012, no. 7. Available at: https://center-bereg.ru/b3355.html/.
3. Andreyev V.K. Resheniya sobraniy [Meeting decisions]. Sivilist – Sivilion, 2013, no. 3, pp. 63-72.
4. Yegorov A.V. Zakon i praktika: ot bor’bi k yedinstvu [Law and practice: from struggle to unity]. EJ-Yurist, 2004, no. 3.
5. Gesellschaftsrecht [Company law]. Von Hueck, 2003, p. 145.
6. Wolf M. Allgemeiner Teil des Rechts von Dr. Karl Larenz [General part of the law of Dr. Karl Larenz]. Revised. and ext. Ed., 2004, pp. 406–408.
7. Brox H. Allgemeiner Teil des BGB [General part of the Civil Code]. Revised. ed. Berlin, 1999, p. 56.
8. Grundriss des Rechts: Band I. Auf Grundlage der von Dr. Helmut Koziol und Dr. Rudolf Welser [Outline of Law: Based on Dr. Helmut Koziol and Dr. Rudolph Welser]. 13 ed. Vienna, 2006, vol. 1, p. 114.
9. Suleymenov M.K. Grajdanskoye pravo i obespecheniye prav lichnosti v sovremennykh usloviyakh [Civil law and ensuring the rights of the individual in modern conditions]. Vestnik Instituta zakonodatelstva RK – Bulletin of the Institute of Legislation of the Republic of Kazakhstan, 2017, no. 1, p. 84.
10. Grazhdansko-pravovaya zashhita imushhestvennykh prav subyektov grazhdanskikh pravootnosheniy [Civil legal protection of property rights of subjects of civil legal relations]. Ed.
V.P. Kutinoy. St. Petersburg, Publishing house of St. Petersburg University of Management and Economics, 2014, p. 148.
11. Izmaylova Ye.V. Zashhita grazhdanskikh prav: podhody k ponimaniyu [Civil Rights Protection: Approaches to Understanding]. Zhurnal o prave – Law Journal, 2018, no. 2.
12. Bogdanov D.Ye. Analiz pravovykh podhodov k vozmeshheniyu chistykh ekonomicheskikh poter‘ v zarubezhnom prave [Analysis of legal approaches to compensation for net economic losses in foreign law]. Available at: https://cyberleninka.ru/article/n/analiz-pravovyh-podhodov-k-vozmescheniyu-chistyh-ekonomicheskih-poter-v-zarubezhnom-prave/.
13. Grajdanskiy Ulojeniye Germanii [Civil Code of Germany]. Available at: http://oceanlaw.ru/wp-content/uploads/2018/02/1900 -1.pdf/.
14. Grajdanskiy kodeks Gruzii [Civil Code of Georgia]. Available at: https://matsne.gov.ge/ru/document/view/31702?publication=117/.
15. Shevtsov S.G. Conceptual basis for determination of limits of free discretion for the subjects of civil relations. Defects in Russian legislation, 2012, no. 3, pp. 82–86.
16. Grajdanskiy kodeksi Ukraini [Civil Code of Ukraine]. Available at: https://urst.com.ua/ru/act/gku/.
17. Van Boom W.H. Pure Economic Loss. A Comparative Perspective. Pure Economic Loss. Wien, N.Y., 2004.
18. Palandt. Buergerliches Gesetzbuch [Civil Code]. Revised ed. Publisher C.H. Beck, Munich, 1998, p. 288.
19. Markesinis B.S., Unberath H. The German Law of Torts: A Comparative Treatise. 4th ed. Oxford, 2002.
20. Shemelev K.S. K voprosu o vozmeshhenii ubytkov, prichinyonnykh gosudarstvennymi organami i organami mestnogo samoupravleniya kak mery grazhdansko-pravovoy otvetstvennosti [On the issue of compensation for losses caused by state bodies and local governments as a measure of civil liability]. Available at: https://www.elibrary.ru/item.asp?id=25644340/.
21. Kuldashev N.A. Ichki ishlar organlari delikt munosabatlar subyekti sifatida [The law enforcement agencies as a subject of tort relations]. Abstract of Doctor’s degree dissertation. Tashkent, 2021, p. 30.

