JINOYAT TARKIBI OBYEKTIV TOMONINING QONUNCHILIKDAGI TUZILISHI (KONSTRUKSIYASI): TAHLIL VA TAKLIF

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

jinoyat, jinoyat tarkibi, jinoyatning obyektiv tomoni, jinoiy qilmish, jinoyat-huquqiy oqibat, sababiy bog‘lanish, fakultativ belgilar

Annotatsiya

Mazkur maqolada tadqiq etishning mantiqiylik, induksiya, deduksiya, tizimlilik, mantiqiy-yuridik, qiyosiy-huquqiy metodlaridan keng foydalanilgan. Jumladan, birinchi navbatda, jinoyat tarkibi obyektiv tomoni belgilarining umumiy tavsifi va ularning jinoyat qonunchiligidagi tuzilishi ochib berilgan bo‘lib, ular to‘g‘risidagi olimlarning ilmiy qarashlari, tadqiqotlari, ular o‘rtasidagi o‘zaro o‘xshash va farqli jihatlar haqida atroflicha bayon qilingan. Shuningdek, jinoyat tarkibi obyektiv tomonining zaruriy belgilari bo‘lgan ijtimoiy xavfli qilmish va uning fakultativ belgilari bo‘lgan jinoyat-huquqiy oqibat, sababiy bog‘lanish, jinoyat sodir etish joyi, vaqti, usuli, holati, quroli va vositasining JK Maxsus qismi moddalar dispozitsiyasidagi tuzilishi ketma-ket tavsiflab berildi. Ushbu maqolada asosiy e’tibor jinoyat tarkibi obyektiv tomoni va uning belgilarining jinoyat qonunchiligidagi tuzilishiga qaratilgan bo‘lib, ularning jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishdagi jinoyat-huquqiy ahamiyati hamda kvalifikatsiya qilish qoidalari instrumental va qiyosiy tahlil qilingan. Tadqiqotda kontinental (roman-german) huquq oilasiga kiruvchi rus olimlari A.N. Traynin, T.V. Sereteli, V.N. Kudryavsev, N.F. Kuznesova, B.V. Zdravomislov va boshqalar, shuningdek, mahalliy olimlardan M.X. Rustamboyev, M. Usmonaliyev, 
P. Bakunov, R. Kabulov, X.M. Abzalova A.A. Otajonov, I.A. Sottiyev, X. Ochilov, Sh. Haydarov, 
Z. Shamsiddinov va boshqalarning ilmiy ishlari, monografiyalari, ilmiy va o‘quv darsliklaridan foydalanilgan. Shu bilan birga, jinoyat qonunchiligi, jinoyat huquqi doktrinasi va unda mavjud ilmiy tadqiqotlar tahlil etilib, bu borada jinoyat huquqi nazariyasi va amaliyotni takomillashtirish bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Iqtiboslar

1. Kabulov R., Otajonov A.A., Sottiyev I.A. at al. Jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish [Qualification of crimes]. Tashkent, Academy of Ministry of Internal Affairs of the Republic of Uzbekistan, 2012, p. 53.

2. Kudryavtsev V.N. Obyektivnaya storona prestupleniya [The objective side of the crime]. Moskow, 1960, p. 9.

3. Jinoyat huquqi [Criminal law]. Ed. H. Ochilov. Tashkent, Adolat Publ., 2020, p. 64.

4. Usmonaliyev M., Bakunov P. Jinoyat huquqi.[Criminal law]. Tashkent, Nasaf Publ., 2010, pp. 171–172.

5. Ochilov X.R., Xaydarov Sh.D., Shamsidinov Z.Z. Jinoyat huquqi [Criminal law]. Tashkent, TSUL Publ., 2021, pp. 33–34.

6. Kurinov B.A. Nauchnie osnovi kvalifikatsii prestupleniy [Scientific bases of qualification of crimes]. Moskow, 1984, p. 75.

7. Durmanov N.D. Ponyatiye prestupleniya [The concept of crime]. Moskow, 1948, p. 54.

8. Korneeva A.V. Teoriya kvalifikatsii prestupleniy [The theory of qualification of crimes]. Moscow, Prospekt, 2014, p. 22.

9. Spitsyn Yu.V. Nekotoriye voprosy primeneniya spetsialnykh poznaniy pri kvalifikatsii prestupleniy [Some questions of the application of special knowledge in the qualification of crimes]. 5 years of the Criminal Code of the Russian Federation. Results and prospects. Moskow, 2003, pp. 321–323.

10. Gaukhman L.D. Kvalifikatsiya prestupleniy: zakon, teoriya, praktika [Qualification of crimes: law, theory, practice]. Moskow, 2005, p. 94.

11. Blagov Ye.V. Kvalifikatsiya prestupleniy (teoriya i praktika) [Qualification of crimes (theory and practice)]. Yaroslavl, 2003, p. 39.

12. Criminal Code of the Republic of Moldova, 2002, April 18, no. 985-XV. Available at: http://continent-online.com/Document/?doc_id=30394923#pos=808;-50/.

13. Sverchkov V.V. Prestupleniye i sostav prestupleniya. Osobennosti prestupnogo povedeniya i ugolovnogo presledovaniya [Crime and elements of crime. Features of criminal behavior and criminal prosecution: textbook. allowance]. Moscow, 2019, p. 45.

14. Ignatov A.N. Sostav prestupleniya. Ugolovnoe pravo Rossii [Composition of a crime. Criminal law of Russia] In 2 volumes. Eds. A.N. Ignatova, Y.A. Krasikov. Moscow, 2008, p. 117.

15. Boyko A. I. Prestupnoye bezdeystviye [Criminal inactivity]. St. Petersburg, Legal Center Press, 2003, p. 25.

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-02-18

Qanday Iqtibos Keltirish

JINOYAT TARKIBI OBYEKTIV TOMONINING QONUNCHILIKDAGI TUZILISHI (KONSTRUKSIYASI): TAHLIL VA TAKLIF. (2026). YURISPRUDENSIYA, 2(5), 117-134. https://yurisprudensiya.tsul.uz/index.php/yurisprudensiya/article/view/467