PROKURATURA ORGANLARI VA VAKILLIK ORGANLARINING O‘ZARO MUNOSABATLARI BO‘YICHA XALQARO TAJRIBANING TAHLILI
Kalit so‘zlar:
prokuratura, vakillik, prokuratura organlari, vakillik organlari, hamkorlik, xalqaro tajribaAnnotatsiya
Ushbu maqolada prokuratura organlari va vakillik organlarining ish faoliyati va ularning o‘zaro hamkorligi yuzasidan xalqaro tajriba tadqiq etilgan. Bunda ayrim xorijiy davlatlarda prokuratura organlarining faoliyat mexanizmi va ularning boshqa vakillik organlari, boshqa fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlik mexanizmlariga oid xalqaro tajriba va milliy qonunchilik tizimi tahlil qilingan. Voyaga yetmaganlarning jinoyatchiligida jinoyatchi shaxsi tadqiq etiladi. Vakillik organlarida ham qonunchilik normalarini qo‘llash bilan bog‘liq jarayonlarda ularning o‘zaro hamkorligini ko‘rishimiz mumkin. Avvalombor, biz ikkala tashkilotning ham davlat boshqaruvidagi o‘rnini tahlil qilib olamiz. Bunda biz xorijiy mamlakatlarning tajribasini ham ko‘rib chiqamiz. Prokuratura organlarining davlat va boshqaruvdagi o‘rnini tahlil qilinganda, birinchi galda, milliy huquq tizimidan kelib chiqadi. Shunga ko‘ra xulosa chiqaradigan bo‘lsak, dunyoda prokuratura organlarining xalqaro standartlari belgilanmagan. Chunki, har bir davlat o‘z ichki boshqaruv tartib-tamoyillaridan kelib chiqqan holda prokuratura organlari tuziladi. Misol tariqasida, AQSh, Estoniya, Qozog‘iston davlatlarida prokuratura ijro hokimiyati tarkibining bir qismi sifatida qaraladi.
Iqtiboslar
1. Prokurorlar uchun axloq va xulq-atvor bo’yicha Yevropa yo’riqnomasining 3-moddasi [Article 3 of the European Guidelines on Ethics and Conduct for Prosecutors]. Budapesht yo’riqnomasi 2005, may.
2. The Constitution of the Republic of Uzbekistan. Tashkent. Justice. 2020.
3. Allamurotov A.T., Ergashev A.A. Prosecution in foreign countries. Tashkent, 2009.
4. Madaliyev O. Problems of prosecutorial control. Tashkent, 2006.
5. Halimov A.X. The role of the prosecutor’s office in the system of government. T., TSU, 2006
6. Рустамбаев М.Х., Никифoрoва Е.Н. Ҳуқуқни мухoфаза қилиш oрганлари [Law enforcement agencies]. З.Ф. Инoғoмжoнoванинг умумий таҳрири oстида. Т.: Ўкитувчи, 2005.
7. Хидoятoв Б.Б. Дoзнание в Республике Узбекистан [Inquiry in the Republic of Uzbekistan]. Т.: ТГЮИ, 2005.
8. Мадалиев O.М., Алламуратoв А.Т. Прoкурoр назoрати [Procurator to watch]. Т.:ТДЮИ, 2004.
9. Додонов В.Н., Крутских В.Е. Прокуратура в России и за рубежом [Prosecutor’s Office in Russia and abroad]. М.: Норма, 2001.

