KORRUPSIYAGA OID JINOYATLAR UCHUN JAVOBGARLIKKA TORTISH MASALALARI BO‘YICHA AMALDAGI QONUNCHILIK MUAMMOLARI
Kalit so‘zlar:
korrupsiya, xalqaro standart, korrupsiyaviy jinoyatlar, javobgarlik, pora olish, pora berish, hokimiyatni suiiste’mol qilishAnnotatsiya
Zamonaviy tendensiyalar jamiyat vakillari o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarning o‘zgarishiga olib keladi. Buning natijasida esa, vaqt o‘tgani sayin jinoyatlarning yangi turlari paydo bo‘lishi, sodir etilish usullari o‘zgarishi tabiiy hol sanaladi. Mazkur holatni inobatga olgan holda, har bir davlat jinoyat qonunchiligini takomillashtirib, zamon talablariga moslashtirib borishi lozim bo‘ladi. Fikrimiz isboti sifatida, amaldagi Jinoyat kodeksiga mazkur Kodeks qabul qilinganidan buyon to hozirgi kunga qadar sakson marotabadan ortiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganligini keltirishimiz mumkin. Lekin hozirgi kunda ham qonunchilikda ayrim muammolar uchrab turadi. Jumladan, korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan samarali mexanizmlarni yaratish, rivojlangan davlatlarning korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘lidagi tajribasini o‘rganish va ularning eng samaralisini qonunchilikka tatbiq qilish va boshqalar. Mazkur maqolada korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik masalalari bo‘yicha amaldagi qonunchilik muammolari, korrupsiyaga oid jinoyatlarning boshqa jinoyatlardan farqli jihatlari, jinoyat tarkibini aniqlashda yuzaga keladigan qiyinchiliklar, ushbu turdagi jinoyatlar haqida xalqaro hujjatlar va xalqaro standartlarda o‘rnatilgan normalar tahlil qilingan. Bundan tashqari korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar uchun javobgarlik masalalari bo‘yicha qonunchilikda mavjud muammolarni bartaraf etish uchun xalqaro standartlarni qonunchilikka implementatsiya qilish masalalari tahlil qilingan.
Iqtiboslar
1. O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi rasmiy veb-sayti. URL: https://www.customs.uz/uz/news/view/2954/.
2. URL: https://kun.uz/30443880/.
3. O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi [Strategy of action on five priority directions of development of the Republic of Uzbekistan] https://lex.uz/docs/3107036/.
4. O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘RQ-419-sonli Qonuni [Law of the Republic of Uzbekistan on combating corruption] // URL: https://lex.uz/docs/3088008/.
5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sud Plenumining “Poraxo‘rlik ishlari bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori [Decision of the plenum of the Supreme Court of the Republic of Uzbekistan “On judicial practice on bribery cases”] https://lex.uz/docs/-1449106/.
6. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi Konvensiyasi [United Nations Convention Against Corruption] // URL: https://lex.uz/docs/-1461329/.
7. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi [Criminal Code of the Republic of Uzbekistan] https://lex.uz/docs/-111453;
8. Antikorrupsionnie reformi v Uzbekistane (4-y raund monitoringa v ramkax Stambulskogo plana deystviy po borbe s korrupsiyey) [Anti-corruption reforms in Uzbekistan (4th round of monitoring under the Istanbul Anti-Corruption Action Plan)]. URL: https://www.oecd.org/corruption/acn/OECD-ACN-Uzbekistan-4th-Round_Monitoring-Report-2019-RUS.pdf/.
9. Konvensiya OON protiv korrupsii [United Nations Convention Against Corruption]. URL: https://www.un.org/ru/documents/decl_conv/conventions/corruption.shtml/.
10. Korrupsiyaga qarshi kurash tarmog‘i Istanbul Harakatlar Rejasi (IHR) doirasida Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlarining 2016–2019-yillarda korrupsiyaga qarshi kurash sohasidagi islohotlari Monitoringi [Anti-corruption network monitoring the reforms of the Eastern European and Central Asian countries in the field of anti-corruption in 2016–2019 within the framework of the Istanbul Action Plan (IHR)]. www.oecd.org/corruption/acn/.
11. Abdurasulov Q.R. Korrupsiya jinoyatchiligining umumiy tavsifi, sabablari va oldini olish [General description, causes and Prevention of corruption crime]. ProAcademy, № 4, 2018.
12. Bussell J. (2015) Greed, Corruption, and the Modern State Essays in Political Economy. Edward Elgar, London, pp. 22–32.
13. Zufarov R.A., Axrarov B.J., Mirzayev U.M. Korrupsiya. Qonun. Javobgarlik [Corruption. Law. Responsibility]. Ed. M.X. Rustambayev. Tashkent, TDYI nashriyoti, 2011, pp. 50-51.
Yuklab Olishlar
Nashr qilingan
Son
Bo‘lim
Litsenziya
Mualliflik huquqi (c) 2022 YURISPRUDENSIYA

Ushbu ish Creative Commons Attribution 4.0 International License ostida litsenziyalangan.

