HUQUQIY BOʻSHLIQ FENOMENI VA UNI BARTARAF ETISH: OʻZBEKISTON FUQAROLIK QONUNCHILIGI MISOLIDA

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

huquqiy boʻshliq, huquqiy boʻshliq fenomeni, fuqarolik qonunchiligi, huquqiy tartibga solish, shaxsiy nomulkiy huquqlar, huquqiy monitoring, rekodifikatsiya, qonun ijodkorligi, yuridik texnika

Annotatsiya

Maqolada huquqiy boʻshliq fenomeni va uni bartaraf etish masalalari atroflicha nazariy hamda amaliy tahlil qilingan. Tadqiqotda huquqiy boʻshliqlar huquq tizimning rivojlanish jarayonida vujudga keladigan obyektiv va murakkab hodisa sifatida baholanib, ularning fuqarolik qonunchiligida namoyon boʻlish shakllari ochib berilgan. Maqolaning maqsadi huquqiy boʻshliqlarni aniqlash mezonlari va turlarini ilmiy asoslash, milliy va xorijiy huquqshunoslik doktrinasida shakllangan yondashuvlarni qiyosiy tahlil qilish hamda Oʻzbekiston fuqarolik qonunchiligi misolida huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etishning aniq huquqiy mexanizmlarini ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqotda tizimli tahlil, qiyosiy-huquqiy, normativ-huquqiy va doktrinal usullardan foydalanilgan. Mahalliy va xorijiy olimlarning huquqiy boʻshliqqa oid qarashlari umumlashtirilib, fuqarolik qonunchiligida shaxsiy nomulkiy huquqlar, shaxsiy hayot daxlsizligi, tasvirlar va shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish bilan bogʻliq huquqiy boʻshliqlar aniqlangan. Maqolada huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etishga qaratilgan aniq normativ-huquqiy va institutsional tavsiyalar ilgari surilib, huquqiy monitoringni kuchaytirish, rekodifikatsiya jarayonlarini takomillashtirish, qonun ijodkorligida huquqiy boʻshliqlarni barvaqt aniqlash mexanizmlarini joriy etish zarurligi asoslantirilgan. Tadqiqot natijalaridan qonun ijodkorligi amaliyotida, fuqarolik qonunchiligini takomillashtirishda, ilmiy tadqiqotlarda foydalanish mumkin.

Iqtiboslar

1.Abdullayev, M. I. (2003). Teoriya gosudarstva i prava [Theory of state and law]. St. Petersburg: Piter.

2.Alexy, R. (1989). A theory of legal argumentation. Clarendon Publ.

3.Bobbio, N. (1993). Theory of legal norms. Springer.

4.Craig, P. (2012). EU administrative law. Oxford University Publ.

5.Dworkin, R. (1977). Taking rights seriously. Harvard University Publ.

6.Hart, H. L. A. (1961). The concept of law (2nd ed. 1994). Clarendon Publ.

7.Kelsen, H. (1967). Pure theory of law (Reine Rechtslehre). University of California Publ.

8.Lazarev, V. V. (1969). Probely v prave (voprosy ponyatiya probelov i kritika teoriy besprobelʼnosti prava) [Gaps in law: Issues of the concept of gaps and criticism of the theory of gaplessness of law] (p. 72). Kazan.

9.Lazarev, V. V. (1974). Probely v prave i puti ikh ustraneniya [Gaps in law and ways of eliminating them] (pp. 6, 37, 39). Moscow.

10.Lazarev, V. V., Lipen, S. V., & Saidov, A. Kh. (2007). Teoriya gosudarstva i prava [Theory of state and law] (Ed. K. Kh. Abdurakhmanova). Plekhanov Russian Academy of Economics.

11.Odilqoriyev, X. T. (1995). Oʻzbekiston Respublikasida qonun chiqarish jarayoni [The legislative process in the Republic of Uzbekistan] (pp. 73–85). Oʻzbekiston.

12.OECD. (2021). Regulatory policy outlook 2021. OECD Publishing. https://doi.org/10.1787/38b0fdb1-en

Peczenik, A. (2008). Law, morality, and the model of normative reasoning. Springer.

13.Mirziyoyev Sh. (2024, November 18). Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisidagi nutq [Speech at the meeting of the Legislative Chamber of the Oliy Majlis].

14.Saburov, N. (2007). Davlat va huquq nazariyasi (savollar, taʼriflar, tushuncha va atamalar) [Theory of state and law: Questions, definitions, concepts, and terms] (p. 69). TSIL Publ.

15.Saydullayev, Sh. (2024). Huquqdagi boʻshliqlar va ularni bartaraf etish yoʻllari [Gaps in law and

Nashr qilingan

2026-04-06

Qanday Iqtibos Keltirish

HUQUQIY BOʻSHLIQ FENOMENI VA UNI BARTARAF ETISH: OʻZBEKISTON FUQAROLIK QONUNCHILIGI MISOLIDA. (2026). YURISPRUDENSIYA, 6(1), 11-20. https://yurisprudensiya.tsul.uz/index.php/yurisprudensiya/article/view/718