AKADEMIK ERKINLIKNING KONSTITUTSIYAVIY-HUQUQIY VA INSTITUTSIONAL KAFOLATLARI
Kalit so‘zlar:
akademik erkinlik, universitet avtonomiyasi, konstitutsiyaviy kafolatlar, oliy ta’lim huquqi, qiyosiy huquqshunoslik, institutsional tamoyillarAnnotatsiya
Maqolada akademik erkinlikning konstitutsiyaviy-huquqiy kafolatlari va uning samarali amalga oshirilishi uchun zarur bo‘lgan institutsional shart-sharoitlar o‘rtasidagi munosabat qiyosiy-huquqiy tahlil asosida tadqiq etilgan. Tadqiqot institutsional model ustuvor bo‘lgan (AQSH, Germaniya kabi) yurisdiksiyalar tajribasiga asoslangan. Zamonaviy oliy ta’lim tizimining fundamental tamoyillaridan biri bo‘lgan akademik erkinlik O‘zbekiston qonunchiligi uchun nisbatan yangi bo‘lsa-da, ko‘plab xorijiy davlatlarda uzoq yillardan beri konstitutsiyaviy yoki qonun darajasida kafolatlanib kelmoqda. Ayrim mamlakatlarda akademik erkinlik konstitutsiyada to‘g‘ridan to‘g‘ri mustahkamlanmagan bo‘lishiga qaramay, uni ta’minlovchi institutsional mexanizmlar rivojlangani tufayli professor-o‘qituvchilar va ilmiy hamjamiyat a’zolari amaliyotda yuqori darajadagi akademik mustaqillikka ega bo‘ladilar. Bu holat akademik erkinlikni ta’minlashda faqat konstitutsiyaviy normalar bilan cheklanish yetarli emasligini ko‘rsatadi. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, konstitutsiyaviy kafolatlar universitet avtonomiyasi, akademik o‘zini o‘zi boshqaruv organlari va professor-o‘qituvchilarning kasbiy mustaqilligini himoya qiluvchi mehnat huquqi institutlari bilan to‘ldirilmasa, deklarativ xarakter kasb etadi. Akademik erkinlik faqat oliy ta’lim muassasalariga berilgan subyektiv huquq sifatida emas, balki ularning boshqaruv tuzilmasini shakllantiruvchi institutsional tamoyil sifatida tushunilishi lozim. Tadqiqotda O‘zbekiston sharoitida akademik erkinlikni real ta’minlash uchun normativ islohotlar bilan bir qatorda oliy ta’lim muassasalarini boshqarish modelini qayta ko‘rib chiqish zaruriyati asoslangan.
Iqtiboslar
Altbach, P. G. (2001). Academic freedom: International realities and challenges. Higher Education, 41(1-2), 205–219.
Aslonova, L. (2025). Ilmiy ijod erkinligining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari [Constitutional and legal foundations of freedom of scientific creativity] (Doctoral dissertation). Tashkent State University of Law.
Barendt, E. (2010). Academic freedom and the law: A comparative study. Oxford University Press.
European Union. (2012). Charter of Fundamental Rights of the European Union.
G‘oziyev, K. (2025). Oliy ta’lim tashkilotlari faoliyatini tartibga solishning ma’muriy-huquqiy jihatlari [Administrative and legal aspects of regulating the activities of higher education institutions]. TSUL Publ.
Garcetti v. Ceballos, 547 U.S. 410 (2006). https://supreme.justia.com/cases/federal/us/547/410/
Ginsburg, T. (2025). The American attack on academic freedom in comparative perspective. Journal of Legal Education, 74(1), 34–52.
Gorsky-Mochalov, V. L. (2022). Constitutional foundations of university autonomy: European practice and Russian context. Legal Science, 7, 164–167.
Karran, T. (2009). Academic freedom in Europe: Reviewing UNESCO’s recommendation. Higher Education Policy, 22(2), 191–215.
Kinzelbach, K., Lindberg, S. I., Pelke, L., & Spannagel, J. (2026). Academic freedom index 2026 update. Friedrich-Alexander-Universität Erlangen-Nürnberg & V-Dem Institute.
Naepi, S. (2025). Academic freedom and its limits in contemporary universities: The New Zealand case. Higher Education Policy, 38(1), 1–19.
Nybom, T. (2003). The Humboldt legacy: Reflections on the past, present, and future of the European university. Higher Education Policy, 16(2), 141–159.
Olssen, M., & Peters, M. A. (2005). Neoliberalism, higher education and the knowledge economy: From the free market to knowledge capitalism. Journal of Education Policy, 20(3), 313–345.
Post, R. C. (2012). Democracy, expertise, and academic freedom: A First Amendment jurisprudence for the modern state. Yale University Press.
Rabban, D. M. (2024). Academic freedom: From professional norm to constitutional principle. Harvard University Press.
Ramlo, S. (2025). Understanding academic freedom among university stakeholders. Higher Education Policy, 38(2), 215–232.
Republic of Estonia. (1992). Constitution of the Republic of Estonia. Riigi Teataja. https://president.ee/en/republic-of-estonia/the-constitution
Republic of Uzbekistan. (2023). Constitution of the Republic of Uzbekistan. Lex.uz. https://lex.uz/docs/6451070
Scott, P. (2006). The academic system and the changing role of universities. Higher Education, 52(1), 1–22.
Shore, C. (2010). Beyond the multiversity: Neoliberalism and the rise of the managerial university. Anthropology Today, 26(3), 15–20.
Smolentseva, A. (2017). Universal higher education and positional advantage: Soviet legacies and post-Soviet transformations. Higher Education, 73(2), 209–226.
UNESCO. (1997). Recommendation concerning the status of higher-education teaching personnel.
Yuklab Olishlar
Nashr qilingan
Son
Bo‘lim
Litsenziya
Mualliflik huquqi (c) 2026 YURISPRUDENSIYA

Ushbu ish Creative Commons Attribution 4.0 International License ostida litsenziyalangan.



