ODAM SAVDOSI UCHUN JAZO MUQARRARLIGINI TA’MINLASH MEXANIZMLARI

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

odam savdosi jinoyati, jinoiy javobgarlik, ijtimoiy xavfli qilmish, xalqaro huquq normasi, transmilliy jinoyat, uyushgan jinoyatchilik, inson huquqlari

Annotatsiya

Mazkur maqolada odam savdosi jinoyati uchun jazo muqarrarligini ta’minlash mexanizmlari nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilingan. Odam savdosi inson huquq va erkinliklariga qarshi qaratilgan eng og‘ir transmilliy jinoyatlardan biri bo‘lib, unga qarshi kurashishda jazo muqarrarligini ta’minlash alohida ahamiyat kasb etadi. Maqolaning asosiy maqsadi – ushbu jinoyat uchun javobgarlikning muqarrarligini kafolatlovchi samarali huquqiy va institutsional mexanizmlarni aniqlash hamda ularni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqot jarayonida jinoyat-huquqiy normalar, tergov va sud amaliyoti, shuningdek, profilaktik choralar tizimi kompleks o‘rganilgan. Xususan, jinoyatlarni aniqlash va fosh etish darajasi, dalillarni to‘plash, baholash mexanizmlari, jabrlanuvchilarni himoya qilish tizimi hamda vakolatli organlar o‘rtasidagi hamkorlik darajasi jazo muqarrarligini ta’minlashda muhim omillar sifatida tahlil qilingan. Shu bilan birga, huquqni qo‘llash amaliyotida uchrayotgan muammolar, jumladan, jinoyatlarning yashirin qolishi, isbotlashdagi qiyinchiliklar, transmilliy xususiyat tufayli yuzaga keladigan yurisdiksiya muammolari va ayrim hollarda javobgarlikdan qochish holatlari ilmiy asoslab berilgan. Maqolada xorijiy davlatlar tajribasi hamda xalqaro huquqiy standartlar asosida jazo muqarrarligini ta’minlashning ilg‘or mexanizmlari qiyosiy tahlil qilingan. Tadqiqot yakunida odam savdosiga qarshi kurashish samaradorligini oshirish, jinoyatlarni o‘z vaqtida aniqlash va adolatli jazo ta’minlashga qaratilgan aniq taklif va tavsiyalar ilgari surilgan. Ushbu natijalar jinoyat qonunchiligini takomillashtirish va huquqni qo‘llash amaliyotini rivojlantirishda katta ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.

Iqtiboslar

Abdulhakov, Y. A. (2019). Odam savdosi jinoyatlarini tergov qilishning xususiyatlari [Features of investigating human trafficking crimes] (Abstract of doctoral dissertation). Academy of the Ministry of Internal Affairs of the Republic of Uzbekistan.

Abdullaev, A. (2021). Odam savdosiga qarshi kurashning jinoyat-huquqiy asoslari [Criminal-legal bases of combating human trafficking]. Review of Law Sciences, (4), 45–52.

Bales, K., & Drejer, C. (2018). #SlaveTech: A snapshot of slavery in a digital age. SkaperKraft.

Beccaria, C. (1995). On crimes and punishments (R. Bellamy, Ed.; R. Davies, Trans.). Cambridge University Press. (Original work published 1764).

Belth, J. M. (2018, October 15). No. 288: Edwin Sutherland: A censorship case. Joseph M. Belth. https://www.josephmbelth.com/2018/10/no-288-edwin-sutherland-censorship-case.html

Christie N. (2004) Suitable Amount of Crime. Oslo University Press.

International Labour Organization, Walk Free, & International Organization for Migration. (2022). Global estimates of modern slavery: Forced labour and forced marriage. International Labour Office.

Ismoilov, O. Y. (2021). Latent jinoyatchilik: tushuncha va tavsifiy xususiyatlari [Latent crime: Concept and descriptive characteristics]. Lawyer Newsletter, (2), 65–70.

Maltsiev, V. V. (2004). Printsipy ugolovnogo prava i ikh realizatsiya v pravoprimenitelnoy deyatelnosti [Principles of criminal law and their implementation in law enforcement practice]. Legal Center Press.

Republic of Uzbekistan. (1994, September 22). O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi [Criminal Code of the Republic of Uzbekistan]. Adolat.

Republic of Uzbekistan. (2020, August 17). Law “On combating human trafficking” (No. LRU-633). Lex.uz.

Rustambayev, M. Kh. (2018). O‘zbekiston Respublikasi jinoyat huquqi kursi. [Course of criminal law of the Republic of Uzbekistan]. Military-Technical Institute of the National Guard of the Republic of Uzbekistan.

Salayev, N. S. (2016). Jinoiy jazo: Ijtimoiy-falsafiy tushunishga urinish [Criminal punishment: An attempt at socio-philosophical understanding]. Uzbekistan Law Review, (4), 58–60.

Shelley, L. (2018). Human trafficking: A global perspective. Cambridge University Press.

Surtees, R. (2019). Trafficked persons as victims and witnesses. Anti-Trafficking Review, (12), 1–17.

United Nations General Assembly. (2000). Protocol to prevent, suppress and punish trafficking in persons, especially women and children, supplementing the United Nations Convention against Transnational Organized Crime. United Nations. https://www.unodc.org

United Nations Office on Drugs and Crime. (2023). Toolkit to combat trafficking in persons. United Nations Office on Drugs and Crime. https://www.unodc.org

United Nations Office on Drugs and Crime. (2024). Global report on trafficking in persons 2024. United Nations publication https://www.unodc.org/unodc/en/data-and-analysis/glotip.html

Verteletskaya, N. P. (2012). Migratsionnaya politika v usloviyakh globalizatsii [Migration policy in the context of globalization]. The World and Politics, (11).

Vogler, R. (2005). A world view of criminal justice. Ashgate Publishing.

Zufarov, R. A. (2015). Jinoyat huquqi. Umumiy qism [Criminal law. General part]. TSUL Publ.

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-07-16

Qanday Iqtibos Keltirish

ODAM SAVDOSI UCHUN JAZO MUQARRARLIGINI TA’MINLASH MEXANIZMLARI. (2026). YURISPRUDENSIYA, 6(3), 147-154. https://yurisprudensiya.tsul.uz/index.php/yurisprudensiya/article/view/763