OʻZBEKISTON VA QOZOGʻISTONDA TIKLANUVCHI ENЕRGIYA MАNBАLАRIDAN FOYDALANISHNING HUQUQIY MASALALARI

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

tiklanuvchi, muqobil, energiya, yashil iqtisodiyot, ekologik toza, noanʼanaviy, energiya samaradorligi

Annotatsiya

Maqolada qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishning huquqiy bazasi tahlili Oʻzbekiston va Qozogʻiston misolida yoritib berildi. Shuningdek, soʻnggi yillarda davlatimizda muqobil energiya manbalaridan foydalanishga oʻtishning huquqiy asoslari, iqtisodiyot va energetika tizimidagi islohotlar, barqarorlikka erishish yoʻlidagi saʼy-harakatlari natijasida qabul qilinayotgan normativ hujjatlar tasnifi keltirildi. Tadqiqot davomida Qozogʻistonda qayta tiklanuvchi manbalardan foydalanishning huquqiy oʻzagi va hozirgi kundagi istiqbollari, sohani rivojlantirish borasidagi davlatlararo hamkorlikning huquqiy mezonlari oʻrganildi. Ekologik xavfsiz, yashil iqtisodiyotga bosqichma-bosqich oʻtish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga erishishda tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishning oʻrni beqiyosligi asoslandi. Muallif tomonidan bu borada qoʻshni mamlakatlar bilan birga olib borilayotgan islohotlar natijasida soha rivoji uchun qabul qilingan qonun va qonunosti hujjatlari, tiklanuvchi manbalardan energiya yaratish, saqlash va isteʼmolchilarga yetkazib berish borasidagi istiqbolli rejalar tahlil etildi. Xulosada jahon miqyosida antropogen iqlim oʻzgarishi muammolarini hal etish va ekologik tanazzulning oldini olish uchun iqtisodiyotning asosiy qon tomiri boʻlgan energiyaning toza, yashil, tiklanuvchi manbalaridan foydalanish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha takliflar soha ekspertlarining mulohazalari bilan asoslab berildi. 

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-01-29

Qanday Iqtibos Keltirish

OʻZBEKISTON VA QOZOGʻISTONDA TIKLANUVCHI ENЕRGIYA MАNBАLАRIDAN FOYDALANISHNING HUQUQIY MASALALARI. (2026). YURISPRUDENSIYA, 4(6), 69-78. https://yurisprudensiya.tsul.uz/index.php/yurisprudensiya/article/view/83