YURISLINGVISTIKA VA NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLAR LOYIHALARINI LINGVISTIK EKSPERTIZADAN OʻTKAZISH: AYRIM NAZARIY-HUQUQIY MASALALAR
Kalit so‘zlar:
lingvistika, yurislingvistika, lingvistik ekspertiza, normativ-huquqiy hujjat, qonun, qonun tili, davlat tili, tilga doir talablarAnnotatsiya
Mazkur maqolada qonunchilik hujjatlarining sifati va samaradorligini ta’minlashda til masalasining oʻrni va roli, normativ-huquqiy hujjatlar tilining davlat tili qoida va talablariga mos kelishini ta’minlashda yurislingvistika fanining ahamiyati, ushbu fan oʻzida huquq va til masalalari bogʻliqligini ifodalashi hamda fanning respublikamiz ilmiy maydonida rivojlanish imkoniyatlari masalalari koʻrib chiqilgan. Shu bilan birga, yurislingvistika va uning normativ-huquqiy hujjatlar tilining yuridik texnika talablariga mos kelishi zarurati masalasida olimlarning turlicha qarashlari tahlil etilgan. Normativ-huquqiy hujjatlar tilining davlat tili, uning qoida va talablariga mos kelishini ta’minlaydigan vositalar ichida lingvistik ekspertiza muhim oʻrin egallaydi. Shunga bogʻliq holda, maqolada normativ-huquqiy hujjatlarni lingvistik ekspertizadan oʻtkazishning nazariy-huquqiy masalalari yoritilgan. Ayni paytda mamlakatimizda huquq ijodkorligi jarayonida lingvistik ekspertiza oʻtkazishning tashkiliy-huquqiy mexanizmi va uning rivojlanishi, ushbu ekspertizani oʻtkazish tartibi, ekspertizaning obyekti va subyekti, muddatlari, maqsad va vazifalari tahlil etilgan. Maqolaning xulosa qismida muallif tomonidan ishlab chiqilgan lingvistik ekspertiza oʻtkazishning tashkiliy-huquqiy mexanizmi va uning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar keltirilgan.

