SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARINI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA ORGANLARI FAOLIYATIGA TATBIQ ETISH
Kalit so‘zlar:
sun’iy intellekt, raqamli texnologiya, smart-office, Face ID, identifikatsiya, elektron platformaAnnotatsiya
Mazkur maqolada hozirgi kunda jadal sur’atlar bilan rivojlanayotgan hamda kundalik hayotning barcha jabhalariga chuqur kirib borayotgan sun’iy intellekt texnologiyalari haqida umumiy ma’lumot berilgan. Sun’iy intellektning asosiy turlari, funksiyalari va vazifalariga ko‘ra tasnifi keltirilgan. Shuningdek, ushbu texnologiyalarni davlat boshqaruvi sohasiga tatbiq etishning afzalliklari va istiqbollari yoritilgan. Maqolada xorijiy mamlakatlarning davlat boshqaruvida sun’iy intellektdan foydalanish borasidagi tajribalari va ularning amaliyotidan misollar keltirilgan. Xususan, bu boradagi huquqshunos olimlar, sun’iy intellekt sohasidagi xalqaro mutaxassislar va amaliyotchilarning fikr-mulohazalari o‘rganilgan. Mazkur qarashlar va tajribalarni tahlil qilish natijasida O‘zbekiston Respublikasi adliya organlari tizimiga, jumladan, mavjud elektron platformalarga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish zarurati asoslab berilgan. Bu davlat boshqaruvida shaffoflikni ta’minlash, ko‘rsatilayotgan xizmatlarning tezkorligi va aniqligini oshirish hamda muntazam bajariladigan vazifalarni avtomatlashtirish tizimini takomillashtirish maqsadida amalga oshiriladi. Maqolada jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish tizimini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalarni asoslashga ham e’tibor qaratilgan.

