HAKAMLIK MUHOKAMASIDA DAʼVONI TAʼMINLASH TARTIBI
Kalit so‘zlar:
hakamlik sudi, vakolatli sud, hakamlik muhokamasi, daʼvoni taʼminlash, arbitraj, normativ-huquqiy hujjat, qonun, kodeksAnnotatsiya
Hakamlik sudlari, bizning nazarimizda, fuqarolik jamiyatining asosiy institutlaridan biridir. Kuchli fuqarolik jamiyatisiz zamonaviy huquqiy davlatning mavjudligi va faoliyat yuritishi mumkin emas. Rivojlangan Gʻarb davlatlarining tajribasi shuni koʻrsatadiki, fuqarolar va tadbirkorlar hakamlik sudlariga juda ijobiy munosabatda boʻlishadi, chunki hakamlik jarayonlari fuqarolik va iqtisodiy faoliyatdagi nizo hamda boshqa muammolarni tez va samarali hal qilish uchun yaratilgan. Binobarin, ayni damda mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish sharoitida hakamlik sudi institutini keng rivojlantirish nihoyatda zarurdir. Taʼkidlash joizki, bugungi kunda vakolatli sudlardan tashqari nizolarni muqobil tartibda hal qilishda hakamlik sudlari tomonidan ham fuqarolik va iqtisodiy nizolar boʻyicha bir qancha ishlar koʻrib chiqilishida turli muammolar uchrab turibdi. Mazkur maqolada hakamlik muhokamasida daʼvoni taʼminlash tartibi masalasi xorijiy tajribani tahlil qilgan holda oʻrganib chiqilgan. Shuningdek, daʼvoni taʼminlashda hakamlik sudining vakolatli (davlat) sudlar bilan oʻzaro munosabati, daʼvoni taʼminlash tartibi va kamchiliklari oʻrganib chiqildi. Shu bilan bir qatorda, daʼvoni taʼminlash tartibi boʻyicha milliy qonunchiligimizga taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Iqtiboslar
1. Mamasiddiqov M.M., Masadikov Sh.M., Xabibullaev D.Y., Azizov N.A., Salimova I.M. Hakamlik muhokamasi [Arbitration proceedings]. 2016, p. 64.
2. Mohmeded S. A critical analysis of arbitral provisional measures in England and Wales. Brunel University, 2014, p. 45.
3. Shalaan W. Interim Measures in International Commercial Arbitration. A Comparative Study of the Egyptian, English and Scottish Law. University of Stirling, 2013, p. 122.
4. Pisacane G., Murphy L., Zhang C. Arbitration in China. Rules & Perspectives. China Law, Tax & Accounting. Springer Singapore, 2016, p. 21.
5. Arbitration in Slovakia. Available at: https://www.international-arbitration-attorney.com/ru/arbitration-in-slovakia/.
6. Liu X., Yang L. Redemption of Chinese Arbitration? Comments on the Civil Procedure Law (2012) and Free Trade Zone Arbitration Rules. Chinese Journal of International Law, 2014, no. 4, p. 656.
7. Fuqarolik ishlari boʻyicha sudga murojaat qilish tartibi [Procedure of applying to the court on civil cases]. The Supreme Court of the Republic of Uzbekistan. 2016, p. 110.
8. O‘zbekiston Respublikasining “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi Qonuniga sharh [Commentary on the Law of the Republic of Uzbekistan “On Arbitration Courts”]. Available at: https://nrm.uz/contentf?doc=428849_hakamlik_sudlari_to%E2%80%98g%E2%80%98risidagi_qonunga_sharh&products=1_vse_zakonodatelstvo_uzbekistana/.
9. Ibratova F.B. et al. Legal issues of observation-bankruptcy procedures applicable by the economic court of Uzbekistan. Advanced Res. L. & Econ., Tashkent, 2019, p. 187.
10. Salimova I. Nizolarni hal qilishning muqobil usullari [Alternative dispute resolution methods]. 2022, p. 92.
11. Recognition and enforcement of foreign arbitral awards: a global commentary on the New York Convention in action 121. More details on such arbitration commissions, also see Lalive, supra note 1, 2016, рр. 667–668.
12. Latham & Watkins. Guide to International Arbitration. USA, 2017, pp. 20–21.
13. Rubino-Sammartano M. International Arbitration Law and Practice. 3rd Ed. London, 2014,
pp. 324–335.
14. Hossain M.M. International Commercial Arbitration: the need for harmonized legal regime on court ordered interim measures of relief. University of Toronto (Canada), ProQuest Dissertations Publ., 2012, p. 10.
15. Dmitriyeva G.K. Mejdunarodny kommercheskiy arbitraj: Uchebno-prakticheskoye posobiye [International Commercial Arbitration: Study Guide]. Moscow, 1997, p. 16.

