OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING JINOYAT-PROTSESSUAL QONUNCHILIGI TARIXI
Kalit so‘zlar:
jinoyat ishini qoʻzgʻatish, huquq, erkinlik, jabrlanuvchi, ayblanuvchi, odil sudlov, sud, jinoyat ishlari, soddalashtirish, jinoyat-protsessual, qadr-qimmati, huquq-tartibot, hukmAnnotatsiya
Ushbu maqolada milliy va xorijiy jinoyat-protsessual qonunchilikning tarixi, jinoyat ishlarini soddalashtirilgan tartibda yuritishning oʻziga xos jihatlari ko‘rib chiqilgan. Oʻzbekistonda islohotlarning dolzarb boʻgʻini boʻlgan qonun ustuvorligini taʼminlash, sud-huquq tizimini isloh etish, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida strategik qadamlar tashlanmoqda. Shubhasiz, bu oʻzgarishlar xalq manfaatlari yoʻlida olib borilayotgan amaliy ishlarning ifodasidir. Bu qoida ham joriy yilning 1-mayida qonuniy kuchga kirgan yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlangan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev taʼkidlaganidek, yangilangan Konstitutsiya mamlakatimizning uzoq muddatli taraqqiyot strategiyalari, umuman yurtimiz va xalqimizning ertangi farovon hayoti uchun mustahkam huquqiy asos hamda ishonchli kafolat yaratishi lozim. Shuningdek, ushbu maqolada jinoyat-protsessual huquqning asosiy prinsiplaridan biri bo‘lgan tortishuv prinsipi yuzasidan ayrim huquqshunos olimlarning fikr va mulohazalari, bugungi kunda katta muvaffaqiyat bilan qo‘llanadigan yangi institut, jinoyat ishlarini soddalashtirilgan tartibda yuritishning yaqqol misoli bo‘lgan aybga iqrorlik institutini milliy jinoyat protsessiga qo‘llashning ayrim jihatlari, birinchi instansiyada ish yuritish, apellatsiya va kassatsiya, qayta kassatsiyaning ish yuritish masalalari, olimlarning ilmiy-nazariy qarashlari va jinoyat sudlov ishlari yuritishni soddalashtirish tartibi yuzasidan taklif va tavsiyalar berilgan.
Iqtiboslar
1. What changes did Shavkat Mirziyoyev propose to the Constitution? Available at: https://www.gazeta.uz/uz/2022/06/21/president-suggestions/
2. Toʻlaganova G.Z. Aybga iqrorlik va protsessual majburlov choralari oʻrtasidagi munosabatlar [The relationship between guilty pleas and procedural coercion]. Proceedings of the scientific-theoretical conference. Tashkent, TSIL, 2006, p. 39.
3. Nizomov F. Adolat gʻoyasi [The idea of justice]. Life and Law, 2004, no. 1, p. 77.
4. Inogʻomjonova Z.F. Sud hukmiga qoʻyilgan talablar [Requirements for a court verdict]. 1994, no. 4, p. 34.
5. Oliy sudning 2023-yil 16-martdagi 07/13-3378-121-son statistika maʼlumotlari [Statistical data of the Supreme Court dated March 16, 2023 No. 07/13-3378-121].
6. V mire kazhdyy chas sovershayetsya okolo 200 tysyach prestupleniy [About 200 thousand crimes are committed in the world every hour]. 2004, April 14. Available at: https://www.newsru.com/crime/14apr2004/crime.html/
7. Mirziyoyev Sh.M. Odil sudlovni taʼminlash va korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi vazifalar muhokamasiga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi materiallari [Materials of the meeting of video selectors dedicated to the discussion of the tasks of ensuring justice and fighting corruption]. 2020, June 30. Available at: https://www.gazeta.uz/uz/2020/06/30/justice/
8. Abdumajidov Gʻ.A. Adolat, javobgarlik, jazo [Justice, responsibility, punishment]. Hayot va qonun – Life and Law, 1999, no. 4, pp. 5–9.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi [Address of the President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev to the Oliy Majlis]. 2020, January 25. Available at: https://uza.uz/uz/posts/zbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyeevning-oliy-25-01-2020/
10. Inogʻomjonova Z.F. Hukm, ajrim va qarorlarning qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirishda sud nazorati [Judicial control in checking the legality, reasonableness and fairness of verdicts, rulings and decisions]. Tashkent, TSIL, 2006, p. 11.
11. Toʻlaganova G.Z. Tortishuv tamoyilining dastlabki tergov bosqichiga tatbiq etilishi [Application of the adversarial principle to the preliminary investigation stage]. Tashkent, TSIL, 2005, p. 18.
12. Kayumov A.S. Dobrovol’nyy otkaz ot soversheniya prestupleniya i deyatel’noye raskayaniye po ugolovnomu zakonodatel’stvu Respubliki Uzbekistan [Voluntary dismissal of the criminal offense of the Republic of Uzbekistan]. PhD thesis. Tashkent, 1999, 24 p.
13. Inogʻomjonova Z.F. Jinoyat-protsessual qonunchilikni liberallashtirish – davr talabi [Liberalization of criminal-procedural legislation is the demand of the times]. Judicial reform: materials of the international scientific and practical conference on theoretical and practical topics. Tashkent, TSIL, 2001, p. 62.
14. Poʻlatov B. Yarashuv institutining istiqbollari [Prospects for the Institute of Reconciliation]. Improving the Institution of Reconciliation: Theory and Practice. Proceedings of the roundtable discussion. Tashkent, TSIL, 2005, p. 7.
15. Saxaddinov S. Konstitutsiya va Oʻzbekiston Respublikasi jinoyat-protsessual qonunchiligida yarashuv institutining shakllanishi [Formation of the institution of reconciliation in the constitution and criminal procedural legislation of the Republic of Uzbekistan]. Actual problems of ensuring the independence of the judiciary in the stage of democratic renewal of the state and society. Proceedings of the scientific-practical conference. Tashkent, TSIL, 2002, pp. 282–294.

