XORIJIY DAVLATLARDA OILAVIY MEDIATSIYA INSTITUTINING QIYOSIY-HUQUQIY TAHLILI

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

mediatsiya, oilaviy mediatsiya, mediator, neytral vositachi, huquqiy nizo va nizolarni muqobil hal etish, konflikt

Annotatsiya

Maqolada oilaviy nizolar va nizolarni hal etishda mediatsiya tartib-taomilini o‘tkazish bo‘yicha xorijiy tajriba muhokama qilinadi, xorijiy mamlakatlardagi mediatsiya to‘g‘risidagi qonunlar va ularning qabul qilish vaziyatlari tahlil qilinadi. Mediatsiyaning joriy etilishi bugungi kunning tabiiy tendensiyasi, oilaviy sohadagi nizolarni hal etish, nizolashayotgan tomonlarga ko‘proq mos keladigan natijani olish imkonini beruvchi vosita ekanligi ta’kidlanadi. Shuningdek, xorijiy mamlakatlardagi mediatsiya nizolarni tomonlar o‘rtasida maqbul tarzda hal etish tajribasi, sud-huquq tizimi yukini bevosita yengillashtirish omili ekanligi tadqiq qilingan. Oilaviy nizolarni hal qilish mas’uliyatli vazifadir, shuning uchun aksariyat xorijiy mamlakatlarda mediatsiya qonunlarida birinchi bo‘g‘inda mediatsiya tartibida, keyin esa sudda ko‘rilishi belgilangan. Ba’zi xorijiy mamlakatlarda oilaviy nizolardan farzand kimda qolishi, umumiy mulkni aniqlash, aliment masalalari bo‘yicha ishlar, avvalo, mediatsiya tartibidan o‘tishi majburiy etib belgilab qo‘yilgan. Aksariyat xorijiy mamlakatlarda mediatsiya qonunlarida mediatorga kasbiy malaka, oilaviy mediatsiya sohasida qo‘shimcha maxsus tayyorgarlik, yosh va amaliy tajribaga oid maxsus talablar mavjud. Shu bilan birga, mediatorning kasbiy mahoratiga qo‘yiladigan talablardan tashqari, mediatorning axloqiy fazilatlariga qo‘yiladigan talablar ro‘yxati ham mavjud. Xulosa qilinadiki, dunyoning rivojlangan mamlakatlarida mediator faoliyati qonun bilan tartibga solinadi va ham professional, ham noprofessional asosda amalga oshiriladi, biroq bir qator mamlakatlarda subyektlar qonunchiligida qo‘shimcha huquqbuzarliklar belgilanishi mumkin. Mediatsiyaning ixtiyoriy va majburiy turlari mavjudligi tahlil qilingan. Shu bilan birga, O‘zbekistonda bo‘lgani kabi, professional mediatorlar ko‘pincha oliy ma’lumotli yoki qo‘shimcha kasbiy ta’lim olgan shaxslardir.

Iqtiboslar

1. Xudoykina T.V., Sayfetdinova A.F. Trebovaniya, pred’yavlyayemye k mediatoram v zarubejom [Requirements for mediators in state and abroad]. Byulleten nauki i praktiki. 2018. T. 4.

№ 6. S. 324-327.

2. Krsova V.G. Ispolzovaniye instituta mediatsii pri razreshenii sporov v mejdunarodnom semeynom prave [Using the institution of mediation in resolving disputes in international family law].Nauchne issledovaniya v oblasti yurisprudensii. Saratov, 2017. S. 32-34.

3. Orlenko V.I., Xoxlova Yu.Ye. Sravnitelno – pravovoy analiz i nekotorыe tendensii razvitiya mediatsii kak alternativnogo sposoba uregulirovaniya predprinimatelskix sporov v RF i zarubejnyh stranah [Legal analysis and some trends in the development of mediation as an alternative way to resolve business disputes in the Russian Federation and foreign countries]. Sbornik statey Mejdunarodnogo nauchno-prakticheskogo konkursa: v 3 ch. Penza, 2018. S. 226.

4. Murzanova Ye.A. Mediatsiya – sposob i zadachi uregulirovaniya sporov: opt zarubejnx stran[Mediation - methods and tasks of dispute resolution: the experience of foreign countries]. Vestnik VUiT. 2016. № 4. Available at: https://cyberleninka.ru/article/n/mediatsiya-sposoby-i-zadachi-uregulirovaniya-sporov-opyt-zarubezhnyh-stran/ (accessed 15.04.2018)

5. Machuchina O.A. Osnovnye sostavlyayuiye primiritelnx protsedur[The main components of conciliation procedures ]. Nauka. Obshestvo. Gosudarstvo: elektron. nauchn. jurn. 2017. T. 5. № 3 (19).

6. Gadjiyeva F.R. Problemy primeneniya primiritelnyx protsedur v grajdanskom sudoproizvodstvе. Nasledstvennoye i semeynoye pravo: teoriya i pravoprimenitelnaya praktika [Problems of application of conciliation procedures in civil proceedings. Inheritance and family law: theory and law enforcement practice: Proceedings of the international scientific and practical conference]. Stavropol, 2015.

7. Firsova A.A. Problemy i perspektivy razvitiya instituta mediatsii [Problems and prospects for the development of the institution of mediation]. Sovremenniy yurist. 2016. № 1 (14).

8. Kalashnikova S.I. Mediatsiya v sfere grajdanskoy yurisdiksii[Mediation in the sphere of civil jurisdiction]: avtoref. dis. … kand. yurid. nauk. Yekaterinburg, 2010.

9. Raxmonov.R Sudgacha bo‘lgan bosqichda mediatsiya institutini joriy qilishning muammolari Uzbekistan [Problems of introduction of mediation in pre-trial stage Uzbekistan] diss. T., 2016, p. 47

10. Forrest (Woody) Mosten. Mediators Are Society’s PPE for Conflict and Difficult Decisions. Available at: https://www.mediate.com/articles/mosten-mediators-PPE.cfm/.

11. Mediatsiya v mire (nedostupnaya ssыlka). Data obraщeniya 13 yanvarya 2011. Arxivirovano 10-12 oktyabrya 2010 [Mediation in the world (inaccessible link)]. Retrieved January 13, 2011].

12. Dorothy J. Della Noce In Family Mediation: Contemporary Issues, Irving and Benjamin propose a model called Therapeutic Family Mediation. Available at: https://onlinelibrary.wiley.com/toc/19327544/15/2

13. Plaxov A. V. Obzor zakonodatelstva Shvetsii o mediatsii. Resursnyy tsentr mediatsii. Available at: http://mediators.ru/rus/about_media-tion/foreign_law/sweden/text1 (accessed 21.11.2016).

14. Semikina S.A., Yusupova A.N. Primiritelnыe protsedurы v kontekste sravnitelnogo analiza protsessualnogo zakonodatelstva Rossii i drugix gosudarstv[Conciliation procedures in the context of a comparative analysis of the procedural legislation of Russia and other states]. Vestnik Saratovskoy gosudarstvennoy yuridicheskoy akademii. 2016. № 3 (110). S. 217.

15. Available at: https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%9C%D0%B5%D0%B4%D0%B8%D0%B0%D1%86%D0%B8%D1%8F/.

16. European Commission— European Judicial Network— Alternative dispute resolution — Community law. Available at: http://ec.europa.eu/civiljustice/adr/adr_ec_en.htm

17. National Accreditation Standards for Mediation Arxivnaya kopiyaot 27 oktyabrya 2009 na Wayback Machine. Available at: http://www.mediationconference.com.au/html/Accreditation.html/.

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2022-06-20

Qanday Iqtibos Keltirish

XORIJIY DAVLATLARDA OILAVIY MEDIATSIYA INSTITUTINING QIYOSIY-HUQUQIY TAHLILI. (2022). YURISPRUDENSIYA, 2(Maxsus I), 170-177. https://yurisprudensiya.tsul.uz/index.php/yurisprudensiya/article/view/682