TO‘G‘RIDAN TO‘G‘RI AMAL QILUVCHI QONUNLARNI QABUL QILISH MAQSADIDA LOYIHALARNING KORRUPSIYAGA QARSHI EKSPERTIZASINI TAKOMILLASHTIRISH

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

normativ-huquqiy hujjat, korrupsiyaga qarshi ekspertiza, to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qilish, qonunchilik texnikasi, adliya organlari, huquq ijodkorligi

Annotatsiya

O‘zbekiston Respublikasida qonunchilik jarayonini takomillashtirish va to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qiluvchi huquqiy hujjatlar qabul qilish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Huquqni amalga oshirish shakli sifatida qonunning bevosita ta’siri qonunda mustahkamlangan huquqiy normalarning ular murojaat qilgan har bir kishiga to‘g‘ridan to‘g‘ri tartibga soluvchi ta’sir ko‘rsatishi (ularni aniqlashtiradigan har qanday huquqiy hujjatlarsiz), shuningdek fuqarolarning ushbu qonunlarga tayangan holda himoya qilinishini (huquqlari ta’minlanishini) talab qilish imkoniyatini nazarda tutadi. Afsuski, to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir qiluvchi qonunlarini qabul qilishning samarali amaliyoti yo‘lga qo‘yilmagan, bu turli sabablarga bog‘liq. Ushbu maqolada to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qiluvchi qonunlar qabul qilinishini ta’minlash uchun qonun loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazish tartibi va mexanizmi tanqidiy tahlil qilindi. Maqolaning asosiy maqsadi ekspertiza davomida loyihani baholash mezonlarini tahlil qilishdir. Tadqiqot usullari sifatida statistik, qiyosiy-huquqiy usullari va olimlarning ilmiy tadqiqotlarini umumlashtirish usuli qo‘llanildi. Tahlillarni hisobga olgan holda to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qiluvchi qonunlarni qabul qilish tartibini takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish ekspertizasi institutining nazariy va amaliy asoslarini isloh qilish zarurligi aniqlandi. Tadqiqot natijalari asosida korrupsiyaga qarshi ekspertizaning samaradorligini oshirish bo‘yicha xulosalar berildi. Ushbu takliflardan korrupsiyaga qarshi ekspertiza institutini rivojlantirish va yanada isloh qilish bo‘yicha tegishli nizom, strategik hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda foydalanish mumkin. Tadqiqot natijalari norma ijodkorligi jarayonida qo‘llanilishi mumkin. 

Iqtiboslar

1. The Constitution of the Republic of Uzbekistan dated December 8, 1992. Available at: https://lex.uz/docs/4032775/.

2. Law of the Republic of Uzbekistan dated January 7, 1997 № LRU–682 «On normative legal acts». Available at: https://lex.uz/docs/5695915/.

3. Decree of the President of the Republic of Uzbekistan dated February 7, 2017 № DP–4947 «On the Strategy of Actions for the further development of the Republic of Uzbekistan». Available at: https://lex.uz/docs/3107042/.

4. Decree of the President of the Republic of Uzbekistan dated January 28, 2022 № DP–60 «On the Development Strategy of New Uzbekistan for 2022–2026». Available at: https://lex.uz/ru/docs/5841077/.

5. Order of minister of justice of the Republic of Uzbekistan «On approval of the regulation on the procedure for conducting anti-corruption expertise of normative legal acts and their drafts», registered 24.02.2021, reg. number 3287. Available at: https://lex.uz/docs/5398364/.

6. Abdusattarov T. Huquqiy ekspertiza tushunchasi va mohiyati. Qonunchilik hujjatlarini ekspertiza qilish muammolari. Ilmiy-amaliy seminar materiallari . Ed. F. Otahonov. T., TSIL, 2005, рр. 42-46.

7. Najimov M.K., Saydullayev Sh.A. Qonunchilik texnikasi. O‘quv qo‘llanma. Qayta ishlangan va to‘ldirilgan 2-nashr. T.: TDYI, 2009. 280 b.

8. Saidov A.X. Ko‘chimov Sh.N. Qonunchilik texnikasi asoslari. Toshkent: Adolat, 2001. 279 b.

9. Xaitbayev M. Qonun hujjatlari loyihalarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazishdagi ayrim muammolar. Qonunchilik hujjatlarini ekspertiza qilish muammolari. Ilmiy-amaliy seminar materiallari. T.: TDYI, 2005. B. 53-55.

10. Xayitov X.S. Qonun ijodkorligida yuridik-lingvistik ekspertiza o‘tkazishning tashkiliy va huquqiy masalalari. Toshkent: TDYI, 2012, 138 b.

11. Xalilov E.H. O‘zbekiston Respublikasining qonun chiqaruvchi oliy organi: sohta vakillikdan haqiqiy parlamentarizmga qadar. Toshkent: O‘zbekiston, 2001. 384 b.

12. Vogenauer S. Learning and lawmaking in Germany today. // Oxford Journal of Legal Studies. Vol. 26, No. 4, Winter, 2006. pp. 627-663. Available at: http://www.jstor.org/discover/10.2307/4494561/.

13. Snyder F. The Effectiveness of European Community Law: Institutions, Processes, Tools and Techniques. The Modern Law Review, vol. 56, no. 1 (Jan., 1993), pp. 19-54. Available at: http://www.jstor.org/stable/109657/.

14. Flack H.E. Scientific Assistance in Law Making. Proceedings of the American Political Science Association, Vol. 10, Tenth Annual Meeting (1913), pp. 215-221. Available at: http://www.jstor.org/stable/3038428/.

15. International Scientific Conference: The Quality of Legal Acts and its Importance in Contemporary Legal Space. 4-5 October, 2012. Available at: http://www.jstor.org/.

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2022-06-20

Qanday Iqtibos Keltirish

TO‘G‘RIDAN TO‘G‘RI AMAL QILUVCHI QONUNLARNI QABUL QILISH MAQSADIDA LOYIHALARNING KORRUPSIYAGA QARSHI EKSPERTIZASINI TAKOMILLASHTIRISH. (2022). YURISPRUDENSIYA, 2(Maxsus I), 20-31. https://yurisprudensiya.tsul.uz/index.php/yurisprudensiya/article/view/659